So’nggi yangiliklar

17:02Ямаль — "Golden Boy-2024" рейтингида етакчи  0 16:40Пекин-2008. Вадим Абрамов бошқарган терма жамоа қандай қилиб Олимпиадага чиқа олмаганди?  0 16:20Ўзбекистон Малайзияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  0 16:11Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - "Арал" академия: Асосий таркиблар маълум  1 15:45Иброҳимҳалил Йўлдошев терма жамоамиз ихтиёрига келиб қўшилди  5 15:05Таиландга ҳам бир назар ташлаймиз: футзал бўйича Осиё Кубоги бошланмоқда!  2 14:45U-23 Осиё кубоги. Малайзия бош мураббийи: "Ўзбекистонни ютиш учун энг зўр ўйинимизни намойиш этишимиз шарт"  2 14:32"Барселона"? Йўқ, мен ўсишни истайман"  6 14:05U-23 Осиё кубоги. Тимур Кападзе: "Ҳар бир жамоа мусобақани ғалаба билан бошлашни истайди"  9 13:45Ўзбекистон Суперкубогига "Бунёдкор" стадиони мезбонлик қилади  5 13:24Футзал. Ўзбекистон Австралияга қарши баҳсда оқ либосларда ҳаракат қилади  3 13:06Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  8 12:37Эшитдик-да! Ўзбекистон кубоги 2-турининг камида 4 та ўйинида VAR ишлайди  8 12:14"Милан» "Фулхэм" ҳимоячиси учун курашишга тайёр  3 11:30"Барселона" АПЛ клубининг Рафинья бўйича 60 миллионлик таклифини рад этди  4

Atletiko Madrid O'zbekistonda futbol akademiyasini ochmoqchi Yangiliklar

Atletiko Madrid O'zbekistonda futbol akademiyasini ochmoqchi

Teglar :  "Atletiko Madrid"
O'zbekiston Milliy axborot agentligi elon qilgan xabarda shunday deyiladi:

«Atletiko Madrid» futbol klubi vakillari O'zbekistonda futbol akademiyasi ochish taklifini ilgari surdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bosh vazir o'rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi Madrid shahriga xizmat safari davomida «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikka doir muzokaralar olib bordi.

Delegaciya vakillari Ispaniya tomonga O'zbekiston Prezidenti tomonidan 2021 yilning «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb elon qilgani, mamlakatimizda aholini sportga keng jalb qilish yo'lida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda futbolga strategik sport turlaridan biri sifatida etibor qaratilishi haqida batafsil malumot berishdi.

«Atletiko Madrid» vakillari o'z o'rnida xorijda ochilgan akademiyalari faoliyati, O'zbekiston turizm salohiyatini dunyo bo'ylab futbol ishqibozlariga tanitishdagi marketing imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o'tkazishdi.

«Atletiko Madrid» futbol klubi vice-prezidenti Inigo Aznar ushbu hamkorlik katta natijalar olib kelishini takidlab, buyuk tarixga ega yurt yoshlaridan mamlakatni dunyoga tanitadigan sportchilar etishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakuniga ko'ra, «Atletiko Madrid» klubi vakillari O'zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va klub imkoniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizning turizm salohiyati targ'ibotida hamkorlik qilishni taklif qildi.

«Atletiko Madrid» klubi rahbariyati tez orada O'zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O'zbekistonga tashrif buyurishini malum qildi".

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика