“Atletiko” “Liverpul” bilan tenglashib oldi

16 avg 2018, 08:52
UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda “Atletiko” hamshaharlari “Real” jamoasini (4:2) mag'lub etdi.

“Matraschilar” uchinchi urinishda uchinchi bor mazkur sovringa ega chiqishdi.

Shu tariqa “Atletiko” Yevropa superkubogida g'alaba qozonish bo'yicha “Liverpul”ga yetib oldi. Madrid klubi har safar ushbu uchrashuv Yevropa ligasi g'olibi sifatida yetib kelgan va har safar YCHL g'olibini mag'lub etgan.

Yevropa Superkubogini hammadan ko'p “Milan” va “Barselona” qo'lga kiritishgan – 5 martadan. “Real” esa uch bor ushbu sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти