So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  3 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  30 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

"Atletiko" goli bekor qilinishi, Ximenes chetlatilishi va penalti qo'yilishi kerak edi". "Real"dagilar hakamlikdan norozi bo'lishyapti Yangiliklar

"Atletiko" goli bekor qilinishi, Ximenes chetlatilishi va penalti qo'yilishi kerak edi". "Real"dagilar hakamlikdan norozi bo'lishyapti

Teglar :  Real Atletiko
"Real" klub televideniyasidagilar "Atletiko"ga qarshi bahsdagi hakamlikdan norozi bo'lishdi.

Madrid derbisida "Real" 1:3 hisobida "Atletiko"ga mag'lub bo'ldi. Bu jamoaning joriy mavsumdagi dastlabki mag'lubiyati.

O'yin davomida "Real" televideniyasidagi sharhlovchilar Xaver Roxas Alberola qarorlaridan norozi bo'lishdi. Gap "Atletiko" goli oldidan Jud Bellingemga bo'lgan ehtimoliy fol, golning bekor qilinishi, Xose Mariya Ximenesning qo'polligi uchun ko'rsatilishi kerak deb hisoblashayotgan qizil kartochka va Mario Ermosoning o'z jarima maydonchasi ichida qo'l bilan o'ynagani haqida ketmoqda.

Bahsning 4-daqiqasida Alvaro Morataning goli hisoblanishi jiddiy tanqid qilindi. "Bu xato. Tabloda hisob o'zgarmasligi kerak edi. VAR vaziyatni ko'rmadi. "Real" foydasiga jarima zarbasi o'rniga darvozamizga gol" - dedi sharhlovchi.

Keyin efir davmida "Real"ning 44-daqiqada urgan goli muhokama qilindi. "Vaziyatga aralashmaga Ryudiger tufayli Kamavinganing goli bekor qilindi. Alberoladan yana bir xato va u faqat bir jamoa zarariga ishlayapti, VARdagi Klos Gomes esa vaziyatlarga aralashmayapti".

Keyinroq "Real" televideniyasi efirda Ximenesga qizil kartochka ko'rsatilishi va Ermoso o'z jarima maydonchasi ichida qo'l bilan o'ynagani uchun penalti berilishi kerakligi aytildi.

"Ximenes so'nggi himoyachi rolida qo'pol o'ynadi. Unga faqat sariq kartochka ko'rsatildi. Qizil berilishi kerak edi. Keyin Mario Ermoso vaziyatida to'p uning qo'liga tegdi, penalti belgilanmadi, hech kim hatto ko'rib ham chiqmadi".

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика