"Atletiko" futbolchisi: "Bugun iroda namoyish etdik"
19 sen 2019 13:20
Yangiliklar
"Atletiko" futbolchisi: "Bugun iroda namoyish etdik"
"Atletiko" himoyachisi Stefan Savich CHL 1-tur doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ajoyib o'yin bo'ldi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik, ammo o'tkazib yuborilgan goldan so'ng rejalarimiz o'zgarib ketdi.
Ikkinchi goldan so'ng esa biz xarakter namoyish etdik. Jamoa mag'lubiyatga uchrashni istamadi va taslim bo'lmadi. Ushbu bahsda yaxshi kurash olib bordik va biz durangga loyiqmiz.
Biz o'yinda yutqazishni tan olgimiz kelmadi, chunki jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatayotgan edi. Bu futbol. Unda kichik jihatlar ham hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Biz hech bo'lmasa durangga erisha olishimizni his etdik.
Gol urish har doim yoqimli. Bu golim CHLdagi birinchisi bo'ldi va bundan juda xursandman", - deydi Stefan Savich.
Fikrlar