"Atletiko" Ektor Errerani boshqa klubga "sovg'a" qilib yubormaydi
15 iyu 2021 14:33
Yangiliklar
"Atletiko" Ektor Errerani boshqa klubga "sovg'a" qilib yubormaydi
"Atletiko"ning meksikalik o'yinchisi Ektor Errera yozda klubdan ketishi mumkin.
"Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone futbolchiga ishonadi, ammo o'yinchining ketishiga tayyor. Klub futbolchi uchun bo'ladigan 10 million evrodan yuqori takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Errera ayni damda Meksika terma jamoasi bilan KONKAKAFning Oltin kubogida ishtirok etmoqda. Xavbek uchun "Valensiya" davogarlik qilmoqda va o'yinchi uchun 7 mln evro to'lashga tayyor.
Errera "Atletiko"ga 2019 yilda erkin agent maqomida o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum jamoasi bilan Ispaniya chempioniga aylandi.
Fikrlar