"Atletiko" "Arsenal" hujumchisini sotib olishga tayyor
09 avg 2020 12:19
Yangiliklar
"Atletiko" "Arsenal" hujumchisini sotib olishga tayyor
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett klubni tark etishi mumkin.
"Daily Star" xabariga ko'ra, unga "Atletiko"dan taklif bor. Transfer narxi 30 mln evroni tashkil qilishi mumkin.
Lyakazettning ketishi hujumchi Per-Emerik Obameyangning klub bilan shartnoma imzolashiga bog'liq. Gabonlik qolsa, Lyakazett ham qoladi.
Lyakazettning bozor narxi 48 mln evroni tashkil qiladi. U ushbu mavsumda APLning 30 o'yinida 10 gol urdi va 4 assist qayd etdi.
Fikrlar