"Atletiko" Arkadiush Milik uchun Diego Kostani berib yubormoqchi
21 may 2020 16:13
Yangiliklar


"Atletiko" Arkadiush Milik uchun Diego Kostani berib yubormoqchi
Madridning "Atletiko" klubi "Napoli" forvardi Arkadiush Milikning transferi ustida ishlamoqda.
"Matraschilar" polshalik forvard uchun talab qilinayotgan 50 million evroni to'lashga tayyor emaslar, ammo katta bo'lmagan miqdordagi pul va Diego Kostani taklif qilishlari mumkin.
"Yuventus" ham Milikka qiziqmoqda, ammo, turinliklar ham o'yinchi uchun pul to'lamay, Xuan Kuadradoni taklif qilishmoqda.
Bunday holatda neapolliklar "Atletiko"ning taklifini qabul qilishadi, sababi "Napoli" ustozi Jennaro Gattuzo Kuadradoni o'z jamoasida ko'rmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar