"Atletik" muxlislari "Real" avtobusiga buyumlar otishdi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 13:29
"Atletik" Ispaniya Kubogining 1/4 finalida "Real"ga qarshi bahs olib borib, g'alabaga erishdi, 1:0.

Uchrashuv yakunlanganidan keyin "Real" futbolchilari o'tirgan avtobusga mezbon jamoa muxlislari tomonidan turli xil buyumlar otilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa bu "Real" muxlislarining noroziligiga sabab bo'ldi. "Qirollik klubi" muxlislari "Atletik" tvitterida "Real" futbolchilari uchun etarlicha e'tibor berilmagani, qo'riqchilar ajratilmaganini yozib qoldirishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal