So’nggi yangiliklar

00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  9 00:10АПЛ. "Ман Юнайтед" қолдирилган ўйинда "Шеффилд"ни синовдан ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  17 00:05АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячиси трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  4 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  28 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

"Atlas sherlari" JCH bilan xayrlashgan "qizillar"ga qarshi (PREVYU) Yangiliklar

"Atlas sherlari" JCH bilan xayrlashgan "qizillar"ga qarshi (PREVYU)

Bugun o'tkaziladigan Jahon chempionati "F" guruhi 3-turidan o'rin olgan Kanada – Marokash uchrashuvi xususida so'z yuritamiz.

Kanada termasi ikkita uchrashuvdan so'ng birorta ham ochko ololmasdan kvartetda 4-o'rinni egalladi va pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Marokash jamoasi to'rt ochko jamg'argan holda 2-o'rinda va faqat urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar o'rtasidagi farq (+2 va +3) hisobiga Xorvatiyadan ortda boryapti.



Herdmanni manosiz o'yinda boshqa o'yinchilarga o'ynash imkoniyatini beradimi?

Jon Herdman jamoa ichidagi atmosfera haqida qayg'uradi. Bu kanadaliklar uchun turnir ahamiyatiga ega bo'lmagan o'yin bo'lgani bois asosiy tarkib va zaxira futbolchilari aralash holda maydonga tushishlari mumkin. Sem Adekugbe, Junior Xoylett va Lukas Kavallini – bu maqomga eng yaqin keladigangan uch futbolchi.

Allaqachon 39 yoshga kirgan va bu o'yin nafaqat terma jamoa uchun, balki umuman faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi mumkin bo'lgan Atiba Xatchinson katta ehtimol bilan maydonga tushadi. Sardor chiroyli xayrlashuvga loyiq edi va kanadalik muxlislarning olqishlari ostida Xatchinson ikkinchi taymda zaxira o'rindig'iga o'tirishi mumkin. Liam Freyzer va Samuel Pette uzoq vaqtdan beri uning davomchisi roliga tayyor edilar.

"Monreal"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Ismail Kone ham ilk daqiqalardanoq maydonga tushishi kutilmoqda. To'rt yildan so'ng Kanada 2026 yilgi Jahon chempionatining uchta mezbonidan biri bo'ladi va o'zining to'liq salohiyatini ochib bermagan Kone Kanada o'yinchilarining yangi avlodidan va umuman, Qatardagi musobaqa uchun yoshlar jamoasidan jalb qilingan yagona o'yinchidir. Kanada safidagi Ismailga katta umid bog'langan. Xavbek oldingi ikkita o'yinda 77 daqiqa o'ynadi va Stiven Eushtakiuga dam berish mantiqan to'g'ri yurish bo'ladi.



Devis qaysi poziciyada o'ynab, qanday vazifalarni bajaradi?

"Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis – kanadalik David Alaba. Zamonaviy futboldagi eng ko'zga ko'ringan chap qanot himoyachilaridan biri, u istalgan poziciyada o'ynashga qodir, jamoaning so'nggi uchlikdagi harakatlarini qo'llab-quvvatlashda foydali, bu esa undan markazda foydalanish imkonini beradi.

Devis xorvatiyaliklar bilan bahsda chap qanot yarim himoyasida o'ynadi. Herdman maksimal hujum modulini afzal ko'radi deb faraz qilsak, jamoa manfaatlari nuqtai nazaridan, Alfonso chap qanot fullbeki sifatida eng foydali bo'ladi va uning Ashraf Hakimi bilan dueli o'yin natijasini aniqlashda hal qiluvchi omillardan biri bo'ladi.



Regragui – marokashlik "sehrgar": yangi murabbiy bilan "Atlas sherlari" yanada kuchayishdi

Valid Regragui avgust oyining so'nggi kunida Marokash terma jamoasi boshqaruviga kelgandi. Murabbiy darhol jamoa liderlari orasida o'ziniki bo'lishga muvaffaq bo'ldi va "Atlas sherlari" hali u bilan mag'lub bo'lishmadi: beshta o'yin, ulardan uchtasi nazorat o'yini edi va ikkitasi Jahon chempionati bahsi edi. Bu o'yinlarda marokashliklar etti marta raqib darvozasini ishg'ol qilishdi va birorta ham gol o'tkazib yuborishmadi.

Eng muhimi, "sherlar" rasmiy darajada yutqazmasdan (32 g'alaba, 13 durang) 45 o'yindan iborat hashamatli seriyani saqlab qolishda va oshirishda davom etmoqda. Marokashliklarning hujumda maksimal samaradorlikka erishish qobiliyati darhol ko'zga tashlanadi. Jamoa avvalgi beshta rasmiy o'yindan to'rttasida bittadan ko'p gol urgan.



"Atlas sherlari" taktika bo'yicha har doim raqiblardan ustunroq: murabbiylar shtabi Kanadaga qarshi bahs uchun nimani o'ylab topadi?

Marokashliklarning Qatardagi musobaqada o'tkazgan har ikki uchrashuvi "Atlas sherlari"ning taktik jihatdan moslashuvchan jamoa ekanligini ko'rsatdi. Xorvatiyaliklar bilan to'qnashuvda Regragui bor etiborini raqibning o'rta chizig'ini ushlab turishga qaratdi, natijada "shashkachilar" boshi berk ko'chaga kirib qolishdi – aslida bolqonliklar raqib darvozasi oldida birorta ham vaziyat yarata olishmadi. Belgiyaliklar bilan o'yinda Marokash qanotlarning faolligi, fikrlashi evaziga Ziesh bundan ham ko'proq yutuqlarga erishdi.

Kanada bilan o'ynashning eng mumkin bo'lgan variantlaridan biri – bu maydon markazida tezlikni o'zgartirishni tanlash. "Kenaks"ning ishtiyoqini to'xtatish uchun marokashliklar qaysidir bosqichda raqibga o'yinning juda yuqori tezligini taklif qilishlari mumkin. Raqibning jismonan yaxshiroq ko'rinayotganini inobatga olsak, bunday yondashuv tarozini afrikaliklar foydasiga og'dirishi mumkin.


Ehtimoliy tarkiblar

Kanada: Sent-Kler, Jonston, Vitoriya, Miller, Byukenen, Xatchinson, Adekugbe, Osorio, Kone, Devis, Devid

Marokash: Bunu, Hakimi, Agerd, Saiss, Mazraui, Amrabat, Ziesh, Ounaxi, Sabiri, Abuxlyal, En-Nesiri

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика