"Atalanta" va "Milan "Bryugge" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
14 apr 2021 09:01
Yangiliklar
"Atalanta" va "Milan "Bryugge" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Bryugge" yarim himoyachisi SHarl de Ketelare faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
20 yoshli belgiyalik futbolchiga "Atalanta" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.
"Rossonerilar" skautlari Ketelareni kuzatishgan, ammo Bergamo klubi bitimni amalga oshirish uchun harakat qilmoqda.
Futbolchi joriy mavsum "Bryugge" libosida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi. SHarl de Ketelarening klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar