"Atalanta" Gomesga narx belgiladi
21 dek 2020 17:37
Yangiliklar
"Atalanta" Gomesga narx belgiladi
"Atalanta" hujumchi Alexandro Gomesni o'z raqobatchisiga tekinga qo'yib yuborishga tayyor emas.
Argentinalik qishda "Yuventus", "Inter" yoki "Milan"ga o'tmoqchi, Bergamo klubi esa uni 10 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Malumki, Gomesning jamoa bosh murabiyi Jan Pero Gasperini bilan munosabatlariga putur etgan. Ammo, "Atalanta" o'z sardorini yanvarda qo'yib yuborishni xohlamayapti. Klub menejerlari o'yinchining agenti Beppe Riso bilan yil oxirida ko'rishishga kelishib olishdi.
32 yoshli Gomesning 2023 yilning iyuniga qadar shartnomasi bor va u har mavsum 2,5 million evro miqdorida maosh oladi. Forvard joriy mavsum A Seriya doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar