So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  27 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

"Atalanta" ajoyib mavsum o'tkazdi va ECHLga haqli Yangiliklar

"Atalanta" ajoyib mavsum o'tkazdi va ECHLga haqli

Gasperini katta ishni amalga oshirdi. Klub etakchilari esa ajoyib statistik ko'rsatkichlarni qayd etishdi.

"Atalanta" qatorasiga uchinchi marta Evrokuboklarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, so'nggi turda jamoa o'z maydonida "Sassuolo"ni mag'lub etsa kifoya, o'z tarixida ilk bor Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichida qatnashadi. 

Gasperini ajoyib jamoa tashil qila oldi

"Atalanta" – tarkib borasida A Seriyaning eng kuchli klublaridan biri ham emas. Lekin jamoa ko'rsatayotgan o'yinni inobatga olsak Gasperini shogirdlari ko'plab top jamoalarni ortda qoldira oladi. Misol uchun, "Inter" yoki "Milan": ushbu jamoalar mavsum davomida ishlari yurishmagan vaqtlar etarlicha bo'ldi va o'yin o'xshamagan, reja ish bermagan pallada o'ylangan taktikadan voz kechib, tushunarsiz improvizaciyalar namoyish qila boshlashdi. "WhoSored"ning dekabr oyidagi malumotlariga ko'ra, "Inter" o'yinlarining 63%ida agarda birinchi golni o'tkazib yuborsa, albatta ikkinchisini ham qo'yib yuborgan.

"Atalanta"da bunday muammo yo'q. Gasperini shu qadar tartibli jamoa shakllantirdiki, huddi, doimo barchasi jamoa rejasiga asosan bo'ladigandek tuyuladi bazan. Eng yangi misollardan biri – Kubok finalida "Lacio"ga qarshi uchrashuv. Bir yarim taym davomida Simone Indzagi raqib darvozasiga yo'l topa olmay qiynaldi. O'sha uchrashuvda "Atalanta" Milinkovich-Savichning standart vaziyatidan so'ng urilgan golidan keyingina "ochilib" ketdi. Qolgan qisqa vaqt ichida gol urmasa bo'lmasdi. SHu sabab yuzaga kelgan bo'sh zonalardan "Lacio" ustalik bilan foydalandi va o'yin 2:0 hisobida yakunlandi. Agar birinchi golni "Atalanta" urib olganda, shu kabi holatga raqib tushishi turgan gap edi.

Gasperini – universalligi bilan ko'pchilikni lol qoldirmoqda. Uning mexanizmida bir nechta futbolchi bir vaqtning o'zida qator funkciyalarni bajaradi. Misol uchun, Timoti Kastan – u ancha oldin oddiy qanot himoyachisi tushunchasidan uzoqlashib bo'lgan. Kastan hujumlarga faol qo'shiladi, ko'pincha himoya va yarim himoyani bog'lovchi vazifasini bajaradi hamda zarur pallada markazda De Ronni zonasini yopib ketadi.

Yana bir universal – Alexandro Gomes. "Atalanta"ga kelganidan buyon ushbu futbolchi olti xil nuqtada harakat qildi: markaziy yarim himoya, hujumkor yarim himoyachi, yarim himoyaning ikki qanoti, hujum chizig'i. Hozir Gasperini undan hujumchi ortida foydalanmoqda – bu vaziyatda Gomes jamoa hujumlarini boshqarishi imkoni ko'payadi. Gomes deyarli yakuniga etgan mavsumda assistentlar orasida kuchli to'rtlikda (10 ta golli pas).

Gasperini o'zi xohlagandek bahsni ko'rish uchun futbolchi o'yinini "sindirmaydi". Aksincha, murabbiy o'yinchining kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqadi hamda uni jamoa manfaati yo'lidagi foydasi haqida bosh qotiradi. "Futbolchi haqida ko'proq malumotni bilish, qo'lidan keladigan ishni talab qilib, omadli harakatlari uchun uni muntazam maqtab turish zarur. Jamoada har bir rol muhim. SHu sababli, futbolchi jamoa o'yinining umumiy ko'rinishi bevosita uning "roliga" bog'liq ekanini his qilishi zarur. Yana bir jihat, futbolchi bajarayotgan ishidan qoniqish hosil qilishi kerak. Ideal hujumchi faqatgina o'z gollariga xursand bo'lmaydi, balki jamoa manfaati yo'lida bajargan ishidan ham qoniqish hosil qiladi. Ana shunda ajoyib mexanizm yuzaga keladi. Maydonda bor yo'g'i 11 futbolchi harakat qiladi, har birining roli muhim – ularni jamoa bo'lib, bir butun bo'lishga o'rgatish kerak. Barchasi shu narsadan boshlanadi", – deya o'z uslubi haqida aytib bergandi Gasperini.

Gasperinining yana bir o'ziga xos tomoni – u kamdan-kam vaziyatda o'yindagi rejalarini o'zgartiradi. Bir tomondan, raqib yangi usulda, kutilmagan yurishlarni amalga oshirganda - bu yomon jihat. Boshqa tomondan esa Gasperini odatda (ayniqsa kuchli raqiblarga qarshi bahslarda) o'z futbolini o'tkazishga urunadi. Aksariyat hollarda bu ish yaxshi natija bermoqda. "Atalanta"ning 14ta (maydondagi o'yinchilar) mavsumda 1500 daqiqadan ko'proq harakat qilishdi. Bu yana bir bor Gasperini jamoani ha deb o'zgartirishni yoqtirmasligini isbotlaydi. Turnir jadvalidagi qo'shnilarda "Yuventus"da (12 futbolchi), "Napoli"da (11), "Inter"da (10). Bundan ko'rinib turibdiki, ularning murabbiylari tarkibda keskinroq, ko'proq o'zgarishlarga qo'l uradi. Kim biladi deysiz, balki bunga zaxira uzunligining ham aloqasi bordir. 

"Atalanta"da yana bir muhim jihat mavjud – oilaviy atmosfera. Bu haqida intervyularida Alexandro Gomes, Yosip Ilichich ham aytib o'tgan. Futbolchilar ko'p vaqtini birga o'tkazadi: mashg'ulotlardan keyin birga tushlik qilishadi, teatr va Bergamodagi taqdimotlarga borishadi. Yorqin misol, yaqinda futbolchilar klub prezidenti va rahbarlari bilan kechki ovqatga yig'ilishdi va tushlikdan keyin ham bir soatdan oshiqroq vaqt davomida muxlislarga dastxat ulashib, ular bilan selfiga tushishdi.

Bu mavsum "Atalanta"ning barcha etakchilari o'zini ko'rsatdi

Ularning deyarli barchasi muntazam ravishda OAV etibori va etirofida bo'ldi:

• Duvan Sapata, "Atalanta"ning eng yaxshi to'purari (22 gol) va "gol+pas" tizimi bo'yicha ham eng yaxshi ko'rsatkich sohibi (29 ochko). Ha, yana bir malumot. "Atalanta" tarixida bir mavsumda Sapatadan ko'ra ko'proq gol urgan yagona futbolchi bor – Filippo Indzagi. 1996/97-yilgi mavsumda Pippo 24 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Duvan hali yana bir o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Yana bir qiziq fakt: o'zining avvalgi klublari ("Napoli", "Udineze" va "Sampdoriya")da Sapataning ishlari unchalik yurishmagan. "Atalanta"da esa 28 yoshida o'zini qayta kashf qildi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

• Yosip Ilichich: 12 gol va 7 golli uzatma – "gol+pas" tizimida ikkinchi o'rin sohibi.


• Alexandro Gomes – jamoaning eng yaxshi assistenti (10 ta golli uzatma). Bundan tashqari, aynan Gomes top-5 vakillari orasida birinchi bo'lib 100 va undan ortiq so'nggi pas bergan futbolchi bo'ldi (to'pni Gomesdan qabul qilib olgan sherigi vaziyat qulayligidan albatta darvozaga zarba bergan). O'zining bugungi "Atalanta"dagi roli haqida Alexandro shunday degan: "Ko'pchilik mensiz "Atalanta"ga qiyin bo'ladi deb hisoblaydi. Aslida unday emas. Jarohat yoki diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan o'yinlarim etarlicha topiladi. Jamoa o'sha o'yinlarda ham ajoyib futbol namoyish qilgan. Men jamoaning o'yini birgina Alexandro Gomes atrofida qurilgan deb hisoblamayman. Aksincha, "Atalanta" – men uchun ideal klub, boshqa istalgan jamoada men bunday o'ynay olmagan bo'lardim".

"Atalanta" etakchi klublarga qarshi zo'r o'ynadi

"Top"larga qarshi chempionat doirasidagi 12 uchrashuvda ("Yuventus", "Napoli", "Inter", "Milan", "Roma" va "Lacio") "Atalanta" 16 ochkoni qo'lga kiritdi. "Lacio" ustidan qozonilgan ikki g'alaba, "Yuve" va "Roma"ga qarshi o'yinlardagi duranglar, "Inter" hamda "Napoli" bilan bellashuvdagi g'alabalar. Gasperini, o'rtamiyona klublar bilan uchrashuvlarda qaerdadir ochko yo'qotgan bo'lishi mumkin, lekin kuchli raqiblarga qarshi jamoani tayyorlay oldi. Aynan shu jihat tufayli jamoa ECHL yo'llanmasi uchun kurashda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lib kelmoqda.

May oyi boshida Gasperini shunday degandi: "Men CHempionlar Ligasiga chiqmoqchiman. Bu mening orzum". Buning uchun "Atalanta"ga ishonchli o'yin ko'rsata olmayotgan "Sassuolo"ni mag'lub etish kifoya qiladi. "Milan" yoki "Inter" o'yini qanday yakunlanganining esa umuman ahamiyati qolmaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика