"Aston Villa" tez orada Koutinoni "Barselona"dan xarid qilganini e'lon qiladi

Alisher
12 may 2022, 18:24
"Aston Villa" yaqin vaqtlarda yarim himoyachi Filippe Koutinoning "Barselona"dan xarid qilinganini e'lon qiladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar bitimni kecha kechqurun yakunlashdi.

"Barselona" 29 yoshli braziliyalik uchun 20 million evro atrofida oladi.

"Aston Villa" Koutinoni "Barselona"dan 2022 yilning yanvarida ijaraga olgan edi. Futbolchi APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano