"Aston Villa" Koutino maoshining malum qismini to'lab bermoqchi
07 jan 2022 09:56
Yangiliklar
"Aston Villa" Koutino maoshining malum qismini to'lab bermoqchi
"Aston Villa" Filippe Koutinoning ijarasi bo'yicha "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Inglizlar futbolchini sotib olish mumkin bo'lgan summaning kamaytirilishini istashmoqda. Agar shunday bo'lsa, "Aston Villa" braziliyalik futbolchiga maosh sifatida ko'proq pul to'lashlari mumkin bo'ladi.
Umuman olganda, "Villa" Koutinoning maoshini 50-70 foizini to'lamoqchi.
Avvalroq, inglizlar shartnomada Koutinoni sotib olish majburiyati bo'lishini istamasliklari haqida malum qilingandi.
Fikrlar