"Aston Villa" "Bayer" forvardi Beyli uchun 35 mln evro to'laydi
04 avg 2021 07:28
Yangiliklar
"Aston Villa" "Bayer" forvardi Beyli uchun 35 mln evro to'laydi
"Bayer" forvardi Leon Beyli "Aston Villa"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, birmingemliklar 23 yoshli yamaykalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishishdi, "Bayer" esa o'yinchi uchun 35 mln evro atrofida oladi.
Oldinroq, "Aston Villa" forvardning transferi borasida muzokaralar o'tayotganini tasdiqlagandi. Beyli faoliyatini "Genk" tarkibida boshlagan va 2017 yilda "Bayer"ga o'tgandi.
Forvard o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar