So’nggi yangiliklar

00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  0 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  3 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  21 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1

Asror Aliqulov: “To'pni nazorat qilishimizga raqib jamoa yo'l qo'ymadi” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “To'pni nazorat qilishimizga raqib jamoa yo'l qo'ymadi”

Teglar :  Asror Aliqulov
Kuni kecha chempionatimizning 21-tur uchrashuvida Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z uyida G'uzorning “SHo'rtan” jamoasini qabul qilib yirik (3:0) hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng “SHo'rtan” klubi futbolchisi Asror Aliqulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Taktik tomonlama “Lokomotiv” klubiga qarshilik ko'rsata olmadik. Birinchi bo'limda 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa ham raqiblarimiz o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Ikkinchi bo'limda jamoadoshlarimda biroz charchoq alomatlari sezildi. Biz ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, shu xatolar tufayli darvozamizdan 3 ta to'p olib chiqdik. “Lokomotiv” bunday xatolarni kechirmaydi. “Temiryo'lchilar” tarkibida juda ham mahoratli futbolchilar jam bo'lgan. “Lokomotiv” hujumga o'tsa ham tezda himoyaga qaytib oladi. Bizda hujumga o'tishimiz uchun tezlik etishmadi. SHuning uchun ham golga tortadigan vaziyat yarata olmadik.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan bo'lsamda, to'psiz yugurishimga to'g'ri keldi. 90 daqiqa maydonda to'p tepish juda ham qiyin. To'pni ko'proq nazorat qilishimizga raqiblar yo'l qo'yishmadi. “Lokomotiv” 2 ta golni ham markazdan yorib kirib urdi. SHuning uchun ham o'tkazib yuborgan gollardan so'ng markaziy himoya chizig'ini kuchaytirishga qaror qilgandik. O'zim ko'proq tayanch yarim himoyasida va himoyachilarga yaqinroq poziciyada o'ynashga harakat qildim. Ushbu o'yinda mag'lub bo'ldik. Endi 2 kun dam olamiz va G'uzor shahrida yig'ilib keyingi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. CHempionat reytingiga qarasak, ushbu mag'lubiyatdan so'ng biroz pastgi pog'onaga tushib qoldik. Keyingi turda uyimizda “Neftchi” jamoasini qabul qilamiz, o'ylaymanki ushbu o'yinda g'alaba qozonamiz”, - deydi “SHo'rtan” klubi futbolchisi Asror Aliqulov.

Jahongir Sotvoldiev.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика