So’nggi yangiliklar

19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  29 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3

Asror Aliqulov: "Tarkibimizda 13 nafar futbolchi qoldi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Tarkibimizda 13 nafar futbolchi qoldi"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Olimpik" (0:6) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Bugun jamoa har tomonlama o'yinga tayyor emasligi ko'rinib qoldi. Futbolchilardan konsetraciyani yo'qotmaslikni so'ragandik. Tez gollar o'tkazib yuborganimiz rejalarimizni buzib yubordi. Ikkinchi liga va U-18 jamoalaridan olingan futbolchilarning darajasi Pro-ligaga mos emasligi yaqqol ko'zga tashlandi. O'yinlarga jamoani 3-4 nafar futbolchilarga tayangan xolda tayyorlayapmiz. Bu darajada o'yin ko'rsatmasligimiz kerak edi. Qiyin xolatdamiz, qizil kartochkalar oldik. Navbatdagi o'yinda bizda jami 13 nafar futbolchi qoldi. Jarohati bor bo'lgan futbolchilarni ham bir amallab maydonga tushirishga majburmiz. To'g'risini aytganda, futbolchilarning darajasi o'yinlarimizda asosiy rol o'ynayapti. Tezlik va mahorat jihatidan bugun raqib bizdan ustun edi.

- Bugun jamoangizda ikkita qizil kartochka yuzaga keldi. Navbatdagi uchrashuvda ushbu futbolchilarning o'rnini qanday to'ldirmoqchisiz?

- Bugun asosiy tarkibda tushirilgan markaziy himoyachimiz Ikkinchi liga jamoasidan olingan edi. Bu yigit hali Pro-ligaga tayyor emasdi. Lekin "Xorazm" bilan o'yinda ham himoyachimiz qizil kartochka olganligi tufayli bugun uni maydonga tushirgandik. Keyingi o'yin oldidan qiyin vaziyatdamiz. Bugungi o'yindan keyin navbatdagi turga qanday tiklanib ulgurishimizni tasavvur qila olmayapman. Mashg'ulotlar va o'yinga tayyorgarlik jarayonida navbatdagi turda qaysi futbolchilarni maydonga tushirishni hal qilamiz.

- SHunday qiyin vaziyatda ham "SHo'rtan"da sizni nima ushlab turibdi?


- Bu erda umidli futbolchilar bor, meni jamoaga taklif qilgan inson bor, ular uchun jamoada ishlab kelmoqdaman. Klubimiz boshlig'i jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqishga astoydil harakat qilmoqda. Bizda hujumkor yarim himoyachilar yo'q, majburan boshqa ampula vakillaridan bu chiziqda foydalanishimizga to'g'ri kelayapti. Hujumchimiz 2003-yilda tug'ilgan, uning imkoniyatlarini maydonda ko'rib turibsizlar. Bu mag'lubiyatni klub rahbariyati qanday qabul qiladi, hali bilmayman. Biz futbolchilar bilan gaplashib oldik, bunaqa futbol bilan botqoqqa botish mumkin xolos. Murabbiy sifatida futbolchilarni ayrimlari shunday vaziyatdan ham o'z manfaati yo'lida foydalanishini juda achinarli xol deb hisoblayman. Xolatdan kelib chiqib maydonda jonini berib o'ynashni o'rniga o'zini qadrini o'tkazishni istayotganligi biz uchun juda qiyin xolat.

- Jamoadan tez kunlarda FIFA taqiqi olib tashlanishi mumkin. SHundan so'ng "SHo'rtan" o'yinlarida o'zgarish bo'lishi mumkinmi?


- Bizga ayni damda PRO-Liga darajasidagi futbolchilar zarur. Mavsum boshida bizda taqiq bo'lganligi tufayli asosan yosh futbolchilar bilan harakat qilayapmiz. O'z akademiyamizdan futbolchilarni jalb etgandik. Ochig'ini aytish kerak, bu futbolchilar tayyor emasligi ko'rinib qoldi. Jamoaga albatta mahoratli futbolchilarni taklif qilamiz. Ular jamoa uchun jon kuydirib o'ynasa, ular bilan birgalikda harakat qiladigan yosh futbolchilarning ham o'sishlariga zamin yaratiladi.

Jamoada hali imkoniyat bor. Biz hozir jamoaga 2 nafar markaziy himoyachini qo'shib olish borasida ishlayapmiz. Tayanch yarim himoyada jismonan baquvvat va bo'ydor bo'lgan himoyachilarni qidirayapmiz. Biz shu chiziqlarni kuchaytirish ustida ishlayapmiz.

- Faoliyatingizda bugungi kabi mag'lubiyat yana bo'lganmi?


- Murabbiylik faoliyatimda bu kabi mag'lubiyat bugun birinchisi bo'ldi. Bu juda og'ir xolat. "Mashal" va "SHo'rtan" jamoalarida ishladim, har doim jamoa qo'lini tushirib taslim bo'lmagandi. Bunga qanday izox berishning o'ziga qiynalayapman. Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatlarda hakam vaziyatga yaqinroq edi. U barchasini futbol qoidalariga mos tarzda amalga oshirgan deb o'ylayman. Ayrim o'yindan tashqari xolatlarni aytmasa, hakamga etirozim yo'q. Bugungi o'yinni o'zimiz yutqazdik.



Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика