So’nggi yangiliklar

11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  4 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  89

Asror Aliqulov: "Raqibning qarshi hujumidan extiyotkor bo'lish talab etiladi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Raqibning qarshi hujumidan extiyotkor bo'lish talab etiladi"

Milliy terma jamoamizning Iordaniya bilan o'tkazgan dastlabki o'yinidan so'ng, terma jamoamizning sobiq futbolchisi Asror Aliqulovning fikri bilan qiziqdik.
Aliqulov garchi bugungi kunda hamon maydonda javlon urayotgan bo'lsada, milliy terma jamoaga chaqirilmay qo'ydi. Lekin o'z vaqtida terma jamoa mudofaa chizig'ini Asror Aliqulovsiz tasavuur etish qiyin edi. Futbolchining bosh jamoamizdagi statistikasiga etibor qaratadigan bo'lsak, 63ta o'yin (5306 daqiqa) o'tkazganini ko'rish mumkin.

- Yigitlarimiz Ammandan muhimi qoniqarli natija bilan qaytishdi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, jamoamiz yomon to'p surmadi. Hujumlarimizning ko'pi asosan chap qanotdan uyushtirilgani bilan esda qoldi. Bundan ko'rinib turibdiki, Jasur Hasanov o'z ishini yaxshi uddaladi. Uning faol o'yin namoyishi etishi bizga qo'lga keldi. Unga qarama-qarshi qanotda esa raqiblarga aytarli xavf tug'dira olmadik. Umuman olganda, 1:1 natijasi javob bahsidan oldin qoniqarli bo'ldi.

- Iordaniya tarkibida taniqli va o'yinni o'z qo'liga oladigan etakchi futbolchilari bo'lmasada, ular ham tashabbusni o'z tomonlariga og'dirishga harakat qilishdi. Lekin shunga qaramay, o'yinda futbochilarimizning ustunlikka erishgani baribir sezilib turdi.

- Himoyachilar haqida nima deyishim mumkin? Bitta o'sha gol bo'lgan xolatdagi xatoni hisobga olmaganda, Iordaniya futbolchilari qolgan vaqtlar mobaynida himoyachilarimizga jiddiy tashvish tug'dirmadi. O'z darvozamizdan o'tkazib yuborgan yagona golda, mudofaa chizig'ida harakat qilgan futbolchilarimiz bir-birlarini unchalik ham yaxshi tushunishmadi va pala-partish harakatlar evaziga gol o'tkazib yubordi.

- Javob bahsida imkoniyat bizda ko'proq. Lekin bunga oldindan ortiqcha ishonib yubormaslik kerak. Negaki, Iordaniya ham o'z guruhida bekorga 3-o'rinni qo'lga kiritmagan. Asosiy etiborni o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubormaslikka qaratishimiz kerak. Raqibning qarshi hujumidan extiyotkor bo'lish talab etiladi. SHu bois Toshkentdagi o'yinda himoyachilarning masuliyati ikki xissa ortadi deb hisoblayman.

- Javob bahsida himoya chizig'ida kimlar bo'lishi hozircha malum emas. Murabbiylar o'sha kuni kim tayyor bo'lsa, shu himoyachilarning xizmatidan foydalanadi. Fikrimcha Ammandagi o'yinda himoyachilarimiz yomon o'ynashmadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика