Asror Aliqulov: "Oliy ligada Kenjaevga o'xshagan himoyachilar kam"
29 noy 2014 17:37
Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Oliy ligada Kenjaevga o'xshagan himoyachilar kam"
Bugun bo'lib o'tgan "Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz!" xayriya akciyasida o'z vaqtida Kenjaev bilan birga to'p tepgan Asror Aliqulov ham ishtirok etdi.
Tadbir yakunida qashqadaryolik himoyachidan intervyu oldik.
- Asror aka, "Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz!" xayriya akciyasi haqida fikringiz?
- Avvalambor mana shu tadbirni tashkil etgan insonlarga katta rahmat aytmoqchiman. O'z vaqtida yaxshi o'yinlar ko'rsatib, biroq avtofalokat tufayli futboldan chetda qolgan Kamoliddin Kenjaevga yordam berish orqali katta savob ishga qo'l urildi. Kamoliddin Kenjaevga moddiy yordam ko'rsatilishi o'zbekistonlik futbolchilarga nisbatan hech kimning beetibor emasligini ko'rsatadi. Men xayriya akciyasida ishtirok etganimdan xursandman. SHu bahonada Kamoliddinning o'zi bilan, qolaversa anchadan beri ko'rishmagan futbolchi va murabbiylar bilan uchrashib, o'zaro suhbatda bo'ldik.
- Tadbir haqida ilk bor qachon eshitgandingiz va qanday munosabatda bo'ldingiz?
- SHunday tadbir o'tkazilishi borasida birinchi marta xabar topganimda unda hali oliy ligamiz yakuniga etmagandi. To'g'risi, men ham ko'pchilik qatori xayriya akciyasi haqida championat.asia sayti orqali xabar topdim. O'shanda o'qigan zahotim xursand bo'lgandim. Sayt xodimlariga alohida rahmat aytmoqchiman, ular katta ishni amalga oshirishdi.
- Muxlislarga Kenjaev to'g'risida nimalar deya olasiz?
- Kamol bilan ancha vaqt elkama-elka to'p tepganmiz. SHunchalik yaqinmizki, u xuddi ukamdek bo'lib qolgan. O'sha mashum voqea yuz bermasidan oldin Kenjaev o'ng qanot himoyasida juda yaxshi harakat qilardi, shuningdek terma jamoa azosi edi. Hozir ham oliy ligada o'ng qanot himoyachilari ko'p, lekin Kamoliddin Kenjaevga o'xshab zo'r o'yin ko'rsatadiganlari kam. Juda tezkor, aqlli, himoyadan hujumga tez qo'shiladigan futbolchi edi.
X.Xoliqov suhbatlashdi.

Fikrlar