Asror Aliqulov: “Mashal” kuchli xarakter evaziga g'alaba qozondi”
24 sen 2024 19:03
Yangiliklar
Asror Aliqulov: “Mashal” kuchli xarakter evaziga g'alaba qozondi”
Pro-liganing 21-turidan o'rin olgan “Do'stlik” - “Mashal” (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugungi o'yinda ko'p narsa o'zimizga bog'liq edi. Tayyorgarlik jarayonida “Do'stlik” jamoasiga qarshi hushyorroq turish lozimligini uqtirgandik. Jadvaldagi o'rniga qarab emas, bugun namoyish etayotgan o'yiniga qarab harakat qilish kerakligini aytib o'tgandik. Qarshi hujumlarni ushlash va raqibni jazolash rejamiz bor edi. Bugun xatolarga ham yo'l qo'ydik, hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsak ham keyinchalik gol o'tkazib yubordik. So'ngi daqiqalarda mehnatlarimiz samarasi evaziga gol urib, g'alabani ilib ketdik. O'yindan qoniqish hosil qilmadik, futbolchilarning yo'l qo'ygan xatolarini uchrashuv videosini ko'rib chiqib, tahlil qilamiz” - deydi muborakliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar