So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Asror Aliqulov: "Jamoaga yuqori vazifa qo'yish uchun kuchli futbolchilar kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Jamoaga yuqori vazifa qo'yish uchun kuchli futbolchilar kerak"

Superliga yo'llanmasi uchun pley-off bosqichidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- CHempionat so'ngidagi o'yinda 120 daqiqa harakat qilish jismoniy kuchdan tashqari xarakter talab etardi. Jamoamiz xarakter ko'rsata oldi, biroq penaltilar seriyasida qo'qonliklar ruhiy ustunlikka ega bo'lishdi. "Qo'qon-1912"ga keyingi o'yinda omad tilayman. 

- Kelgusi yil uchun rejalaringiz qanday?

- Jamoaga yuqori vazifa qo'yish uchun kuchli futbolchilar talab etiladi. Kelasi yil yaxshi selekciya amalga oshirib, o'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan va kurashuvchan jamoa shakllantirishni maqsad qilganmiz. 

- Birinchi bo'lim boshida jamoa darvozaboni jarohat oldi. Bu o'yinga tasir o'tkazdimi?

- O'yindan kelib chiqqan holda aytadigan bo'lsa, jiddiy tasir bo'ldi, deb o'ylamayman. Sababi raqib darvozamiz qarshisida golli vaziyatlar sodir eta olgani yo'q. Ularning hujumlariga tayyorgarlik ko'rgandik. Zaxiradan maydonga tushirilgan darvozabon o'yinga tez kirishib ketdi.

- Jamoada jismoiy tayyorgarlik qay darajada?

- Jismoniy deganda turli tushunchalarni nazarda tutish mumkin. Bunda harakat yoki atletizm bo'lishi mumkin. Atletizm jihatdan raqib, jamoaviy taraflama biz ustunroq edik. Biroq ularda zaxira kuchi mavjud edi, bizning zaxiramiz esa pand berdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика