So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Asror Aliqulov: "Hozir professionalizm sifatlarini ko'rsatadigan vaqt" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Hozir professionalizm sifatlarini ko'rsatadigan vaqt"

Joriy yilda G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi o'z oldiga har qachongidan ham yuksakroq marallarni qo'ygan.

Ulardan eng birinchisi 2020 yilgi musobaqalar yakuniga ko'ra, yana Superligaga qaytish. Lekin butun dunyoni tashvishga solgan pandemiya tufayli hamma sohada bo'lgani kabi futbolda ham kutilmagan tanaffus yuzaga keldi. O'zbekiston PRO-Ligasining etakchi jamoalaridan biri bo'lgan “SHo'rtan” murabbiylari va futbolchilari bu davrni qanday o'tkazishmoqda. Bosh murabbiy Asror Aliqulov ushbu mavzuda o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Karantin choralari qo'llanilgan kundan etiboran darhol mavsum uchun tayyorlangan rejalarimizga o'zgartirishlar kiritdik. CHunki vaqt qisqa, yigitlarni uy uylariga qo'yib yuborishimiz kerak edi. Murabbiylar gurhi bilan shoshilinch holatda yopiq sharoitlarda o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'lgan mashg'ulotlar dasturini ishlab chiqdik. Axborot texnologiyalari rivojlangan davrda yashayapmiz. Bu esa hozirgidek murakkab vaziyatdan chiqishga yaxshigina yordam beryapti. Onlayin muloqot uchun jamoa ichida telegramm guruhini ochdik. Yigitlar bilan har kuni muloqot qilyapmiz. Topshiriqlarni ovozli va video lavhalar shaklda yuborib, belgilangan muddatda xuddi shunday tartibda javoblarni qabul qilib olyapmiz.

- Futbolchilarga qanday vazifalar berilyapti?

- Avvalo etiborimizni yigitlarning uy sharoitiga qaratdik. Negaki, hammada ham bir xil vaziyat emas. Kimdir hovlida va yana boshqalar ko'p qavatli uyda istiqomat qiladi. Barcha holatni chetda qoldirmasdan inobatga oldik. Murabbiylar guruhidagi yordamchilarimiz bilan topshiriqlarni ishlab chiqdik. Eng asosiy urg'u jismoniy chidamliylik holati va tayyorgarlikni ushlab turishga qaratilgan. Bunda mashg'ulotlar bosimsiz va o'z vazniga mutannosiblikda olib boriladi.

- Jamoa azolari bilan birga emassiz, ular topshiriqlarni qay darajada bajarayotganligiga ishonchingiz komilmi?

- Yigitlar bilan har kungi olib boriladigan muloqotda birinchi navbatda tartib-intizomga qatiy rioya qilish kerakligi aytiladi. Ularning bizga yuborayotgan video lavhalarini ko'rib, hamma ishlar ko'ngildagidek olib borilayotganligiga amin bo'lyapman. SHu bois ularga ishonaman.

- Malumki, sportchilar, jumladan futbolchilar uchun to'g'ri ovqatlanish muhim jihat hisoblanadi. Masofadan turib olib borilayotgan mashg'ulotlarda bu masala qay tarzda hal qilinmoqda?

- Haqiqatdan ham juda ham muhim masala. Hech ikkilanmay aytishim mumkin, bu borada “SHo'rtan”da ishlarimiz alo darajada. Jamoamiz shifokori Alisher aka Abdurahmonovni keng futbol jamoatchiligi yaxshi biladi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Katta tajribaga ega shifokor hamda farmokolog mana bir nechcha yillardan buyon o'zbek futbol tibbiyotida samarali faoliyat ko'rsatib kelayotgan mutaxassis, bugungi kunda O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasida ham ishlayapti. U kishi har bir futbolchiga, shuningdek, hozir Muborak Ramazon oyi bo'lganligi uchun ro'za tutayotgan yigitlarimizning ham ovqatlanish tartibiga alohida masuliyat bilan yondoshib kelyaptilar.

- Karantin munosabati bilan yuzaga kelgan kutilmagan tanaffus futbolimizga, qolaversa futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatiga qaysidir manoda tasir o'tkazishi tabiiy hol...
- Bugungi kunda virusli pandemiya butun dunyoni qamrab olgan. Hayot esa davom etadi. Vaqti-soati kelib, albatta, hammasi yana o'z iziga tushib ketadi. Kimki professionalizm talablariga qatiy rioya qilsa, hech qachon yutqazmaydi. CHunki, hozir aynan professionalizm sifatlarini yanada kuchliroq ko'rsatadigan vaqt.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика