So’nggi yangiliklar

07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  5 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1

Asror Aliqulov: “Hamjihatlikda to'p tepamiz” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Hamjihatlikda to'p tepamiz”

Bugun G'uzorda bo'lib o'tadigan “SHo'rtan” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv har tomonlama keskin va qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechishi shubhasiz.
Uchrashuv oldidan “Oq bo'rilar” jamoasining tajribali futbolchisi Asror Aliqulov mazkur bahs yuzasidan o'z fikrlarini quyidagicha bildirib o'tdi:

“Olmaliq” futbolchilari hujumkor o'yin namoyish etishni yaxshi ko'rishadi. Jamoaning yarim himoyasi ham mukammal  shakllangan. Igor SHkvirin shogirdlari himoyalanib, maydon markazidan hujumga tez chiqishadi. Bir so'z bilan aytganda bugungi raqibimiz hurmatga sazovor jamoa.

O'z navbatida G'uzorda to'p surishimiz va maydonga faqat yutuq uchun tushishimizni inobatga oladigan bo'lsak, muxlislar ajoyib futbol spektakliga guvoh bo'lishlari aniq.

Jamoamizdagi ichki muhit, futbolchilarning kayfiyati joyida. Ayniqsa, bundan avvalgi safar uchrashuvidagi g'alaba yigitlarni yanada ruhlantirib yubordi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan turda  “Obod” jamoasi bir kun oldin g'alabaga erishib, biz turnir jadvalining eng pastki qatoriga tushib qolgandik. SHunday bo'lsa-da, jamoadoshlarim bilan professional sportchilarga xos tarzda, tushkunlikka tushmasdan, maydonda bor-kuchimiz bilan, hamjixatlikda, murabbiylar ko'rsatmasini to'g'ri bajargan holda muvaffaqiyatga erishdik. Qaerdadir himoyalandik, hujum qildik, kerak vaqtida to'pni ham nazorat qildik. Aytmoqchimanki, so'nggi turlarni hamjixatlikda o'tkazyapmiz. Bundan keyin ham mana shunday tartibda o'yin olib boramiz. Negaki, hamjixatlikda to'p surish muvaffaqiyat garovidir. Bugun ham albatta, hamjihatlikda g'alaba qozonamiz.

"SHo'rtan" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика