So’nggi yangiliklar

17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  7 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  28 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9

Asror Aliqulov: "Eng yomoni mehmonlar aynan standart vaziyatdan gol urib ketishdi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Eng yomoni mehmonlar aynan standart vaziyatdan gol urib ketishdi"

Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral Samali" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- Bugungi o'yin ko'proq havodagi kurashlarga boy bo'lishini oldindan taxmin qilgandik. SHu sabab yaqin burchakka ikki nafar futbolchini qo'yib standart vaziyatlarda, burchak to'plaridan etkazilgan uzatmalarda raqibga imkoniyat bermaslikka harakat qildik. Eng yomoni ikkinchi bo'limda mehmonlar aynan standart vaziyatdan gol urib ketishdi. Bu futbolchilarning o'z xatolari deb aytish mumkin.

Ayrim yosh futbolchilarimiz o'z imkoniyatlaridan yuqori darajada harakat qilishdi. Murabbiy sifatida ularning o'yinidan qoniqdim desam ham bo'ladi. O'yin so'ngida vaziyatlarga ham ega bo'ldik, lekin foydalana olmadik. Bundan tashqari o'yinni kuchaytirish uchun zaxira imkoniyatimiz ham kam edi.

- O'yin qaydnomasida "SHo'rtan" zaxirasida 4 nafar futbolchi ko'rsatilgandi. Lekin zaxira imkoniyatimiz kam edi dedingiz, buning sababi qanday?


- To'g'ri, zaxiramizda 4 nafar futbolchi bor edi. Ularning ikki nafari bir oz tajribaga ega, Pro-liga darajasida o'ynab bera olardi. Lekin qolgan ikki nafar futbolchini U-18 jamoasidan tarkibga jalb etganmiz, ularda hozircha bu kabi o'yinlar uchun tajriba bir oz kamroq.

- Bugun standart vaziyatlarda "Aral Samali" jamoasi ustunlik qilgandek ko'rindi...


- To'g'ri, bu borada biz mashg'ulotlarda ko'p ishladik. Lekin yosh futbolchilar o'yin haroratida oldinga chiqadi, vaziyatni o'zi hal qilishga intiladi. SHu sabab raqib standart vaziyatlarda bizga qiyinchilik tug'dirdi. Himoya chizig'imiz vakillari unchalik ham bo'ydor emas, bu futbolda muhim bo'lgan jihatlardan biri hisoblanadi.

- Jamoani navbatdagi o'yinlarda g'alabalar qozonishi uchun qanday rejalarni o'ylayapsiz?


- Hozirgi kunda "SHo'rtan" jamoasida o'rtacha yosh 19-19,5 atrofida. Balki Pro-ligada eng yosh jamoadirmiz. G'alaba qozonish uchun gol urishimiz kerak. O'yinlar davomida yosh futbolchilarimiz tajriba to'plab borishadi deb o'ylayman.

- Murabbiylik kurslarida o'qishingiz haqida eshitdik. Bu jarayon qanday ketayapti?


- O'qish shu oy o'rtalaridan boshlanadi. Ikki haftalik o'quv mashg'ulotlari tashkil etiladi. Bu tig'iz vaqt chempionatdagi o'yinlarga ham imkoniyatga qarab kelib ketishga harakat qilaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика