Asror Aliqulov: "Derbi uchrashuvlarida vaziyatlar ko'p bo'lmaydi"
26 avg 2023 20:48
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Derbi uchrashuvlarida vaziyatlar ko'p bo'lmaydi"
- O'yin haqida
- Uchrashuv derbi maqomiga xos tarzda o'tdi. Yakka kurashlarga boy o'yin guvohiga aylandik. Ketma-ket o'yinlarda g'alaba qozona olmay kelayotgandik. Bugungi g'alaba bilan jamoa azolari va muxlislarini tabriklayman.
- "Mashal" derbida "SHo'rtan"ni mag'lub etolmay kelayotgandi. Bugungi o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ldi?
- Biz har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi o'yinga ham "SHo'rtan" jamoasining uslubidan kelib chiqib, tayyorgarlik ko'rdik.
- Sizning "SHo'rtan" sobiq bosh murabbiyi ekanligingiz bugungi o'yindagi g'alabaga sababchi bo'ldi deb hisoblasa bo'ladimi?
- "SHo'rtan"da yangi bosh murabbiy ishlayapti. Men bilan bilan ishlagan futbolchilarning imkoniyatlarini bilaman. Bugun yakka kurashlarda raqib ustunlikka erishdi deb o'ylamayman. Bunaqa o'yinlarda vaziyat ko'p bo'lmaydi. 2 ta gol kiritganimiz juda yaxshi natija.
- Xudoyorxon Sagdullaev qaydnomada ham ko'rinmaganiga sabab nima?
- Bu intizom bilan bog'liq. U intizomni birinchi o'ringa qo'ymasa, tarkibga jalb eta olmaymiz.
- Petrovning xolati qanday?
- U baribir ertami, kechmi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishi kerak. SHifokorlar ko'rigidan so'ng uning xolati haqida aniq gap aytish mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar