So’nggi yangiliklar

19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1

Asror Aliqulov: "Bu o'yinga saviyali hakam jo'natilishini kutgandik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bu o'yinga saviyali hakam jo'natilishini kutgandik"

PRO-Liga 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Asror aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Bugungi o'yin ko'p narsani hal qilishi va bizni imkoniyatlarimizni oshirishi mumkin edi. Bugungi o'yinda tayyorgarlik borasida tarkibda yo'qotishlar mavjud bo'lgandi. Ayniqsa bu xolat himoya chizig'ida yaqqol ko'rindi, ikki nafar markaziy himoya vakilini bugungi o'yinga olib kela olmadik. O'yinga keladigan bo'lsak, o'ylaymanki bugun yomon o'yin namoyish etmadik. Bizda ko'proq hujumda mahorat etishmadi. Imkoniyatlar bo'ldi, lekin jismoniy xolat pand bermoqda. "Neftchi"ni hujumlari ko'proq standart vaziyatlar, biz shunga qarshi tayyorgarlik ko'rgandik. Joriy mavsumda bu jamoaga qarshi to'rtinchi o'yinda maydonga chiqdik, kubok musobaqasini qo'shib hisoblasa besh marta to'qnash kelmoqdamiz. "Neftchi"ni kuch tomonlama bilardik, bugun juda og'ir o'yin kechdi deb aytishim noo'rindir balki. Qaerdadir hujum qilib, to'pni o'zimizda ushlashga harakat qildik. Baribir so'ngi soniyalarda gol o'tkazib yubordik, alamli mag'lubiyat desam to'g'ri bo'ladi.

- O'yin davomida hakamlarga nisbatan ko'p etiroz bildirdingiz. SHu xolatlarga qanday izoh berasiz?

- Biz o'yladik, bugungi o'yin televidenie orqali namoyish etiladi. SHu sababdan o'yin hakamlarni uchrashuvni boshqarishda jiddiy yondashishi va bu o'yinga saviyali hakam jo'natilishini kutgandik. Futbolni ham hurmat qilish kerak, uchrashuv hakamlari bir qator xatoliklarga yo'l qo'yishdi. Ularni ishini muhokama qilish emasku, lekin ayniqsa kichik qoidabuzarliklarda, hujumlarni to'xtatishda ularda xatoliklar kuzatildi. SHu sababdan bugun hakamlar o'z vazifasini 100 foiz uddaladi deb ayta olmayman. Baribir futbol ichida yuribmiz, ularning o'rni futbolimiz rivojida juda baland.

- Navbatdagi turni yana Farg'onada, Yaypanning "Turon" jamoasiga qarshi o'tkazasizlar. SHu o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Endi hozir og'ir o'yin o'tkazdik. Maydon ham sovuq, sirpanchiq, shu bois futbolchilar ko'p kuch yo'qotdi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufaylimi, yoki chindan ham shundaymi, qaysidir o'yinchilar maydonga tushishdan bosh tortishadi. SHu sabab almashtirishlarga imkoniyatimiz yo'q. Yaqin kunlarda o'yin o'tkazamiz, futbolchilarning imkoniyatini chamalab, tayyor bo'lganlarni maydonga tushiramiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика