Asqar Umarov: "G'alabaga teng durangga erishdik"
12 apr 2022 20:48
Yangiliklar
Asqar Umarov: "G'alabaga teng durangga erishdik"
- O'yin haqida
- O'yin va chiroyli muhit uchun rahmat. "Lokomotiv" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilaymiz.
Ochiq o'yin guvohiga aylandik. Ayniqsa, ikkinchi taym yorqin kechdi. G'alaba qozonishga harakat qildik. Ozgina xatolar kuzatildi. Yigitlar bosimga dosh berolmagani bois xato qildik va raqib bundan foydalanib qoldi. Umuman olganda, g'alabaga teng durangga erishdik.
- Doniyor Usmonov birinchi taymda "Loko" himoyachilarini qiyin holatga solib qo'ydi. Uni nega almashtirdingiz?
- Uni jarohat olgani tufayli o'zgartirishga majbur bo'ldik.
- Uchrashuv oxirida juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Bugun jamoangiz yutib ketishi mumkin edi. "Zomin" Pro ligada 5 o'yinda 5 ochko oldi. Ikki xil musobaqada turlicha ishtirok... Bu nima bilan bog'liq?
- Yigitlarimiz o'yinda o'yinga rivojlanib borishmoqda. Yangi murabbiylar ish boshlashdi. Mashg'ulotlarda ham astoydil ishlayapmiz. Pro ligada kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik, ammo yaxshi natijalar ko'rsatdik. Xudo xohlasa jamoa bilan oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz.
- Agar barcha vaziyatlardan unumli foydalanilganda, bugungi o'yin hisobi qanday ko'rinish olgan bo'lardi?
- "Lokomotiv"da juda ko'p imkoniyatlar yuzaga keldi. Darvozabonimiz ham yaxshi o'ynab berdi. O'ylaymanki, hisob 5:5 bo'lgan bo'lardi.
Fikrlar