Asqar Tolibjonov: "Militunovich bilan shartnoma imzolash rejada yo'q"
14 noy 2014 07:43
Yangiliklar


Asqar Tolibjonov: "Militunovich bilan shartnoma imzolash rejada yo'q"
O'FF Terma jamoalar markazi Bora Milutinovich O'zbekiston milliy terma jamoasiga maslahatchi murabbiy sifatida taklif etilgani va u bilan 2 oyga shartnoma tuzilgani haqida matbuotda paydo bo'lgan xabarlarni rad etdi.
Terma jamoalar markazi bosh direktori Asqar Tolibjonovga ko'ra, Militunovich bilan shartnoma imzolash rejada yo'q. Terma jamoalar markazi direktorining aytishicha, serbiyalik murabbiy Bora Milutinovich o'z xohishiga ko'ra O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini ko'rish uchun Toshkentga kelgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligida OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlikni davom ettiradi va dekabr oyida navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun BAAga jo'nab ketadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligida OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlikni davom ettiradi va dekabr oyida navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun BAAga jo'nab ketadi.

Fikrlar