So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Aslida "Oltin to'p"ni kim olishi kerak? Yangiliklar

Aslida "Oltin to'p"ni kim olishi kerak?

Bir necha soatlardan so'ng 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi nomini bilib olamiz.
Aminmizki, ushbu yuksak unvonning kimga berilishi borasida muxlislar o'rtasida qizg'in munozaralar kechmoqda.

Kimdir Ronalduning imkoniyatlarini yuqori baholayotgan bo'lsa, kimdir Messi uchun jon kuydirmoqda. Yana kimdir Frank Riberi tomonda jang olib bormoqda. Ammo bilasizmi, oltin to'pning qaysi futbolchiga topshirilishi borasidagi munozaralar jahon futbol hamjamiyatida ko'zga ko'ringan shaxslari o'rtasida ham qizg'in pallaga kirgan. Quyida kim qanday fikrda ekani bilan tanishib olish imkoniga egasiz. Ishonamizki, futbol olamida o'z o'rniga ega bo'lgan o'yinchilar-u mutaxassislarning fikrlari siz aziz muxlislarni befarq qoldrirmaydi.

Arien ROBBEN: Fikrimcha oltin to'p Krishtianu Ronalduga nasib etadi. CHunki o'tgan yil u hammadan zo'r o'yin ko'rsatdi. Qolaversa, oltin to'p shaxsiy sovrin sanaladi va u dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Ronaldu esa bugungi kunda jahondagi eng etakchi futbolchidir.

Sandro ROSSEL
: Agar oltin to'p futbolchining jamoasi olib borayotgan siyosat yoki matbuotda chiqayotgan turli xabarlar emas, balki ijrochining salohiyati hisobga olingan holda berilsa, u Messiga nasib etishiga shubxa qilmayman. Men uchun jahonning eng yaxshi birinchi o'yinchisi ham, ikkinchisi ham, xatto uchinchisi ham Lionel Messi.

Tierri ANRI: O'ylashimcha, Frank Riberi oltin to'pga loyiq o'yin namoyish qildi. Har qanday holatda ham Frank hurmat qilishga arziydigan futbolchi. U bilan birga to'p tepish juda ajoyib. Boisi u o'zi gol urgandan ko'ra yaxshiroq vaziyatda turgan sherigini to'p bilan taminlashni afzal ko'radi. Bu esa taqsinga loyiq. Umid qilamanki, futbolchilar orasidagi eng yuksak unvon vatandoshimga nasib qiladi.

Florentino PEREZ: Jahonning eng yaxshi futbolchisi Ronaldu bo'lishiga ishonchim komil. Zamonaviy futbolda unga teng keladigan futbolchi yo'q.

Xosep GVARDIOLA: Menimcha bu unvon uchun Riberidan ko'ra loyiqroq o'yinchi yo'q. U ortda qolgan mavsumda barcha sovrinlarga ega chiqdi. Demak, oltin to'pni francuz futbolchisi olishi kerak. Ammo bu gapim bilan Messi va Ronalduda imkoniyat yo'q demoqchi emasman. Ular ham ajoyib o'yin ko'rsatishdi.

Karlo ANCHELOTTI: Ana endi Ronalduning vaqti keldi. Bu safar Krishtianu ushbu yuksak unvonga ega chiqmasa adolatdan bo'lmaydi, nazarimda. Buning uchun unda imkoniyatlar etarli. U o'tgan yilda nafaqat o'zi uchun, balki butun jamoa foydasi uchun juda qattiq harakat qildi, katta foyda keltirdi. Menimcha, Ronaldu oltin to'pga loyiq.

Diego MARADONA: Ortda qolgan yil faqat va faqat Portugaliyalik futbolchi uchun ataldi. Adolat yuzasidan ham oltin to'p Ronalduga berilishi kerak. Messi bo'lsa yilni asoan jarohatini davolash bilan o'tkazdi. Demak, uning imkoniyati pastroq.

RONALDO: Oltin to'p yana bir bor Messiga topshiriladi. CHunki u hammadan zo'r.

Zlatan IBRAGIMOVICH: Fikrimcha uchala nomzod ham oltin to'pga loyiq. Lekin bu sovrin aslida qorboboga berilsa ajoyib ish bo'lardi.

Ko'rib turganingizdek, hamma har xil fikrda. Sizchi?! Sizningcha bu unvon kimga nasib etishi kerak?

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика