So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

"Asian Fight - 2017". Ommaviy axborot vositalari diqqatiga! Yangiliklar

"Asian Fight - 2017". Ommaviy axborot vositalari diqqatiga!

Teglar :  Asian Fight
Hurmatli hamkasblar! Sizga malumki, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri tashkil etilmoqda.

Tashkilotchilar: O'zbekiston Penchak silat federaciyasi va “Sunrise Entertainment” masuliyati cheklangan jamiyati.

Axborot hamkorlari (turnirni eksklyuziv tarzda tele va radio efirda hamda internet tarmog'ida yoritish huquqi berilgan OAV): “Milliy” telekanali, “Oriat Dono” va “Oriat FM” radiostanciyalari, Championat.asia va Olamsport.com saytlari.

Akkreditaciyadan o'tish uchun www.sunriseentertainment.uz saytiga kirib, akkreditaciya bo'limidan o'rin olgan onlayn-arizani to'ldirish zarur bo'ladi. SHundan keyin turnir Axborot xizmati vakillari Siz bilan bog'lanadi.

Akkreditaciyadan rasman o'tish uchun onlayn-arizadan tashqari quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
- Ish joyidan rasmiy xat;
- akkreditaciyadan o'tuvchi xodimning pasport nusxasi;
- 4 dona rangli fotosurat (3x4)

Turnirni yoritishga ruxsat beriladigan OAV soni cheklangan:
- har bir gazeta va jurnaldan 2 nafar;
- har bir radiostanciyadan 2 nafar;
- har bir internet saytlaridan 2 nafar;
- har bir telekanaldan 4 nafar xodim ro'yxatdan o'tadi.

Izoh: O'zbekiston hududidagi barcha mustaqil jurnalistlar ham akkreditaciyadan o'tishlari mumkin.

“Asian Fight - 2017”  xalqaro sport turniri doirasida o'tkaziladigan tadbirlar:
- birinchi matbuot anjumani (29 avgustga rejalashtirilmoqda, hujjatlarni shu kuni olib kelsangiz ham bo'ladi);
- ikkinchi matbuot anjumani (faxriy mehmonlar ishtirokida, sana aniq emas);
- master klasslar (Jan Klod Van Damm, Jeff Monson va Fyodor Emelyanenkolar ishtirokida, sana aniq emas);
- “Asian Fight - 2017”  (“Bunyodkor” stadionida 9 sentyabr kuni soat 18.00 da boshlanadi)

Akkreditaciyadan o'tish jarayoni 1 sentyabr kuniga qadar davom etadi.
Batafasil malumot uchun: Jamshid Hojiakbarov (+99890188-64-44)

“Asian Fight - 2017”  Axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика