So’nggi yangiliklar

14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  0 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  2 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  1 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   14 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  3 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  3

Ashurmatovning terma jamoa va klubdagi faoliyati haqida Yangiliklar

Ashurmatovning terma jamoa va klubdagi faoliyati haqida

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoamiz yaqinda Tailandda o'tkazilgan “Qirol Kubogi”da muvaffaqiyatsiz natija ko'rsatdi.
SHu bois bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov istefoga chiqarildi. Uning o'rniga esa Baxtiyor Ashurmatov tayinlandi. “Navbahor” ustozi murabbiylik faoliyatini boshlaganiga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHunga qaramasdan u to'g'ri yo'nalishda ishlayotgani uchun ham barchaning mehrini qozonishga muvaffaq bo'lmoqda. Uning O'zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishida bir qator sabablar muhim rol o'ynadi. Avvalambor, u murabbiy sifatida g'alabalarga chanqoq. Doim izlanishda va o'sishda davom etayotgani diqqatga sazovordir. Futbolga yangicha yondoshuv, yangicha o'yin uslubini olib kirishga urinayotgani uchun ham yosh mutaxassisni muhim vazifaga tayinladilar.  
Yaxshi bilasiz, qo'qonlik ushbu murabbiy O'zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabida ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda. “Navbahor”dagi mehnati orqali ham u o'zining tirishqoqligi, talabchanligi bilan ko'pchilikning mehrini qozondi. Qisqa fursatlarda o'sishga erishayotgani uchun ham futbolimiz rahbariyati bu lavozimga uning nomzodini maqul ko'rishdi.



“TERMA JAMOANI BOSHQARISH SHARAF”
-   Kutilmaganda menga 22 yoshgacha bo'lgan terma jamoamizni boshqarish taklifini bildirishdi. Bu men uchun nihoyatda masuliyatli vazifa hisoblanadi. Qanday ishga kirishganimni yaxshi his qilib turibman. Qanday bo'lmasin natija ko'rsatishimiz hamda muxlislarimizning mehrini qozonishimiz kerak. Bundan buyog'iga qattiq ishlamasak bo'lmaydi. Osiyo chempionati saralash o'yinlariga kam vaqt qoldi. Bir oydan keyin Bangladeshda aynan saralash bahslari bo'lib o'tadi. Bizning guruhimizda Bangladesh, Hindiston va Suriya terma jamoalari joy olgan. Ko'pchilik hindlarda futbol yaxshi rivojlanmagan deb fikr bildirishlari mumkin. Lekin men bunga qo'shilmagan bo'lardim. Oxirgi yillarda ular ham o'sishga erishishyapti. Umuman olganda, Osiyoda futbol jadallik bilan odimlayapti. SHu bois aksariyat jamoalar futbol o'ynashni o'zlashtirib borishmoqda. Suriya esa avvaldan jismonan baquvvat futbolchilariga ega. Tabiiyki, ularga qarshi o'yinimiz ham oson o'tmaydi. Hozirgi paytda ham “Navbahor”da, ham terma jamoada ishlash qiyin bo'lmaydimi, degan savol bilan ko'pchilik qiziqyapti. Tushunib turibmanki, menga oson kechmaydi. Lekin yana qaytarishim kerakki, bu taklif men uchun kutilmaganda ro'y berdi. Bunday terma jamoada ishlashni o'zim uchun sharaf deb bilaman.

SHu o'rinda haqli savol tug'iladi: Ashurmatov 22 yoshli terma jamoa boshqaruviga tayinlangach, uning “Navbahor”dagi faoliyati qanday kechadi? Bilasiz, bungacha milliy terma jamoada ham ishlagani sababli ko'pincha klub bilan birga bo'la olmagandi. Endi bo'lsa unga olimpiya terma jamoasini ishonib topshirishi natijasida klubni tark etadi degan gap-so'zlar ham ko'payib qolgandi. Bu vaziyatga uning o'zi aniqlik kiritib berdi.



“NAVBAHOR”DAGI ISHIMNI DAVOM ETTIRISHGA QAROR QILDIM”
- SHunday paytda “Navbahor”ni tark etib, boshlagan ishimni davom ettira olmaganimda xunuk ish bo'lardi. Olipmiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan keyin namanganlik ko'plab muxlislar menga qo'ng'iroq qilib jamoadan ketib qolmaysizmi deb so'rashyapti. Bu borada ular klub rahbarlariga ham murojaat qilishmoqda. Ularning menga ishonch bildirishayotgani albatta quvonchlidir. Vaziyatni har tomonlama o'ylab chiqqan holda “Navbahor”dagi ishimni ham davom ettirishga qaror qildim.

CHunki terma jamoamiz mart oyidagi saralash o'yinlarini o'tkazib olganidan keyin boshqa rasmiy musobaqalar o'tkazilmaydi. Klub bilan bir-biriga xalaqit qilmaydigan paytlarga esa yig'inlar belgilanadi. CHempionatimiz malum tanaffusga chiqqan kezlarda terma jamoamizning mashg'ulotlari bo'lib o'tadi. Yana shuni ham qo'shimcha qilishim kerakki, o'tgan yilgi futbolchilar va bu yil yangi kelgan o'yinchilar aynan menga ishonib “Navbahor” bilan hamkorlik qilishga rozi bo'lishgan. Bunday vaziyatda klubdan ketib qolsam ularning hamda muxlislarning oldida ishonchni yo'qotib qo'ygan bo'laman. SHuning uchun ikkala joyda faoliyat olib borishga qaror qabul qildim. Lekin mart oyida saralash bahslarida qatnashishimizni inobatga olib, klubga yana birorta malakali mutaxassisni jalb qilmoqchimiz. Men yo'qligimda ham bemalol “Navbahor”ni boshqarib turadigan murabbiyni taklif qilmoqchimiz. Ayni paytda bu masala bo'yicha ish olib borilyapti. Agar munosib nomzodni topa olsak, bu vaziyatdan chiqib ketamiz deb o'ylayman.

Umuman olganda, Baxtiyor Ashurmatov yosh bo'lsa-da, o'z sohasi bo'yicha tobora rivojlanishga erishib bormoqda. Uning endi olimpiya terma jamoasini boshqarishi faoliyatida oldinga tashlangan navbatdagi qadam bo'lib xizmat qiladi. Bu esa unga bo'lgan masuliyatni yanada oshiradi.



“ISHONCHGA NATIJA BILAN JAVOB BERISH KERAK”
- Aytib o'tganimdek, menga katta masuliyatli ishni topshirishdi. Futbolimiz rahbarlarining ham mendan umidi katta. Ularning ishonchini oqlashim uchun hali ko'p mehnat qilishim kerak. SHuni aytishni istardimki, bu ishonchga faqat ijobiy natija bilan javob berishim lozim.

Agarda natija ko'rsata olmasak, barcha qilgan mehnatlarimiz o'z qiymatini yo'qotadi. SHuning uchun qattiq kurashishimizni tushunib turibman. Avvalo, menga bildirilgan ishonch uchun rahbariyat oldida qarzdor bo'lib qoldim. Yosh bo'lishimga qaramasdan, menga jiddiy vazifani topshirishdi. Endi esa chiroyli va ijobiy natijalar bilan bunga munosib javob berishimiz kerak. Terma jamoada menga kimlar yordam berishi borasida hali to'liq muhokama qilganimiz yo'q. Aleksey Evstafeev ko'p yillardan beri yoshlar bilan ishlab kelyapti. Qolaversa, Osiyo chempionati saralashigacha vaqt ham oz qolmoqda. SHuni inobatga olgan holda, hozircha murabbiylar shtabida o'zgarishlarga qo'l urmay turishimiz ham mumkin. SHu kunlarda yana rahbarlar bilan uchrashaman. Agar murabbiylar shtabiga o'zgartirish kiritilishi kerak bo'lsa, buni amalga oshiramiz.

Yana shuni ham aytish kerakki, Ashurmatovning murabbiylikda yangi bosqichga chiqayotgani nafaqat o'zining balki, “Navbahor”ning ham yutug'i bo'lib xizmat qilishi turgan gap. Bu borada namanganlik muxlislar faxrlansa arziydi. CHunki Ashurmatov “Navbahor”dagi mehnatlari orqali shu darajaga chiqdi. SHu bois uning olimpiya terma jamoasini boshqarishini bemalol Namangan futbolining o'ziga xos yutug'i sifatida etirof etsak arziydi.



“NAMANGANDA ISHLAYOTGANIM MENGA OMAD KELTIRYAPTI”
-   Har doim aytib kelganman: “Navbahor”ning ajoyib muxlislari bor. Qisqa vaqt ichida bunday darajaga ko'tarilishimda namanganlik ishqibozlarning hissasi katta. CHindan ham bu tayinlanuv Namangan futbolining ham yutug'i sanaladi. Oxirgi paytlarda “Navbahor”dan terma jamoalarga murabbiy yoki futbolchilarni chiqishi kam darajada edi. O'tgan yili biz yaxshi jamoani tuzishga harakat qildik. CHempionat bahslarida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi etakchi klublarga jiddiy qarshilik ko'rsatdik. Ushbu o'yinlarimiz orqali rahbarlarning etiboriga tushgan bo'lishimiz mumkin.

Mening yutuqlarimda “Navbahor” klubi va uning muxlislarining hissasi juda katta. Namanganda ish boshlashim menga omad keltiryapti. SHuning uchun jamoaga va ishqibozlarga minnatdorligimni bildiraman. Namangan futboliga hech qachon befarq bo'la olmayman. Oldimda turgan birinchi vazifa O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. Bundan tashqari “Navbahor” bilan ham yuqori o'rinlardan birini egallashni maqsad qilib qo'yganmiz. Bu borada mahalliy muxlislarning ishonchi yuqori bo'lib turibdi. Biz jiddiy ishlashimiz kerak. Mehnat qilishdan sira ham qochmayman. Murabbiylar shtabi bilan tinimsiz ravishda izlanishda bo'lamiz.

SHuni ham unutmaslik kerakki, Ashurmatov boshchiligidagi “Navbahor” yangi mavsumga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko'rmoqda. O'tgan yilgi natijadan yaxshirog'ini qayd etish ilinjida chempionatga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko'rishayotgani etiborga molikdir. Bu borada bosh murabbiy selekciya jarayoniga ham jiddiy etibor qaratgan. SHu kungacha bir qator ajoyib futbolchilar taklif qilinishi evaziga tarkibdagi raqobat bir muncha kuchaytirildi. Hozirda ham selekciya ishlari davom ettirilmoqda. Bu borada bosh murabbiyning o'zi shunday dedi:



“YARIM HIMOYAMIZDAGI RAQOBAT KUCHAYIB KETDI”
- Navbahor”ning selekciyasidan qaysidir manoda qoniqish bor yoki yo'q desam ham bo'laveradi. Nimagaki, himoyamiz biroz zaifroqdek ko'rinmoqda. Yarim himoya chizig'imizda esa raqobat kuchayib ketdi. Mudofaa chizig'i uchun o'zimiz xohlagan futbolchilarni qo'lga kirita olmadik. SHu tomonlama kamchilik borga o'xshab ko'rinyapti. Darvozabon masalasida ayrim variantlarni o'ylab qo'yganmiz. Hozirda tarkibimizda bolgariyalik posbon shug'ullanyapti. Agar u bilan kelishuvga erishsak faoliyatini shu erda davom ettiradi. Mabodo, bir to'xtamga kela olmasak, o'rniga boshqasini taklif qilamiz. Bu borada qo'shimcha variantni ham tuzib qo'yganmiz. Vaqtimiz kam qolayotgan bo'lsa-da, baribir himoya chizig'iga yana futbolchi izlab ko'ramiz.

Georgiev Turkiyada terma jamoasi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etib yana safimizga qaytib keldi. Ammo hozircha u bilan ham masala ochiq turibdi. CHunki yuqorida aytganimdek, yarim himoyamizda raqobat kuchli. Agar Georgiev mahalliy futbolchilarimizdan ustun ekanligini isbotlay olsa, albatta shartnoma tuzamiz.


FIRDAVSXON
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика