Ashurmatov “Navbahor”dan ketmaydi
20 fev 2014 22:58
Yangiliklar


Ashurmatov “Navbahor”dan ketmaydi
So'nggi soatlarda futbol muxlislari o'rtasida mavsumlar oralig'ida jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan Baxtiyor Ashurmatovni “Navbahor”dan ketishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlar paydo bo'ldi.
Jamoa ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni aytishimiz joizki, ayni paytda Ashurmatov Namanganda bo'lib turibdi. Bosh murabbiy jamoaga taklif etilgan futbolchilarning shartnomalari va “Navbahor”ning 2014 yilgi chempionatdagi maqsad vazifalariga oydinlik kiritish uchun klub va viloyat rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirgandi. SHu sababli internet saytlarida va muxlislar tomonidan tarqatilayotgan malumotlar hech qanday asosga ega emas.

Fikrlar