So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Ashurmatov “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettiradi Yangiliklar

Ashurmatov “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettiradi

So'nggi kunlarda muxlislar orasida “Navbahor”ga yangi bosh murabbiy axtarilayotganligi haqidagi gap-so'zlar ko'payib ketdi.
Bu kabi mish-mishlarning bari Baxtiyor Ashurmatovni O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach yuzaga keldi. Garchi Ashurmatov olimpiya terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olgan bo'lsada, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. Barchaga malumki, joriy yilgi mavsumda “Navbahor” munosib tarzda ishtirok etish va yuqori o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.

Aynan shu maqsadda o'tgan yilgi tarkib o'zagi saqlab qolindi. Kuchaytirilishi lozim bo'lgan chiziqlarga esa yangi o'yinchilar chaqirilib, ular bilan shartnomalar imzolandi. Hozirda ham selekciya ishlarini to'xtamaganligini etirof etish joiz. O'z navbatida murabbiylar shtabini kuchaytirish borasida ham ish olib borilmoqda. Yani jamoaga maslahatchi murabbiy sifatida ish yuritadigan mutaxassisni taklif etish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

Xullas, “Navbahor” yangi bosh murabbiy qidirmoqda degan gap-so'zlar hech qanday asosga ega emas. Ayni paytda jamoani boshqarayotgan Baxtiyor Ashurmatov “Navbahor” bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. Jamoa manfaatlaridan kelib chiqqan holda murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassis jalb etilishi mumkin. Bu borada yangilik ro'y bersa yoki biror-bir murabbiy bilan kelishuvga erishilsa, saytimiz orqali Siz muxlislarni boxabar etamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика