Ashurmatov "Navbahor"da ilk mashg'ulotni o'tkazdi, tarkibda yangilar bor
13 jan 2014 16:50
Yangiliklar

Ashurmatov "Navbahor"da ilk mashg'ulotni o'tkazdi, tarkibda yangilar bor
Bugun "Navbahor" futbolchilari Namanganda navbatdagi mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
"SA" xodimi Islombek Rustambekov bugun Namanganga borib ushbu jarayonni kuzatdi.
Bugun Baxtiyor Ashurmatov klubdagi o'zining birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Unga Mustafo Bayramov yordam berib turdi.
Mashg'ulotlarda yangi futbolchilar ham ishtirok etishdi. Bular: Rahmatullo Berdimurodov ("Nasaf"), Azamat Mamajonov ("Oq-tepa"), Doniyor Usmonov, Xurshid Xo'jaev, Rabbim Hasanov (uchalasi "Guliston"), Otabek Valijonov ("Buxoro"), Durbek Umaraliev ("So'g'diyona")
"Lochinlar" 21 yanvarga qadar shu erda mashg'ulot o'tkazishadi. 18 yanvar kuni "Andijon" bilan nazorat o'yinini o'tkazish rejada bor.
Klubdagi boshqa yangiliklar haqida kechroq batafsil malumot beriladi.

Fikrlar