Ashraf Hakimi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
14 apr 2020 08:05
Yangiliklar
Ashraf Hakimi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Transfer huquqi “Real”ga tegishli bo'lgan futbolchi Angliyada to'p tepishi mumkinligini inkor qilmadi.
“Bu kimga ham yoqmaydi deysiz? Qilayotgan ishlarimdan faxrlanaman. Iyunda qaror qabul qilishga to'g'ri keladi. Bu faoliyatimdagi eng katta qadam bo'ladi. Nazariy jihatdan Dortmund bilan shartnomam iyunda yakuniga etadi, shundan so'ng Madridga qaytishim kerak. Hozircha “Real” bilan aloqaga chiqqanim yo'q. Ammo kelajakda men uchun nima yaxshi bo'lishini tushunib olish bo'yicha ham tez orada gaplashib olamiz”, — deydi Hakimi.
Malumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum “Borussiya” safida Bundesliga doirasida 25 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar