Asamoa Gyan Hindiston klubiga o'tishga yaqin
19 sen 2019 14:34
Yangiliklar


Asamoa Gyan Hindiston klubiga o'tishga yaqin
Ganalik forvard tez orada "Nort-Ist Yunayted" futbolchisiga aylanadi.
33 yoshli futbolchining iyul oyida Turkiyaning "Kayserispor" klubi bilan shartnomasi yakuniga etgan edi.
U Gana terma jamoasi safida 105ta o'yinda maydonga tushib, 51ta gol urishga erishgan.
Gyan faoliyati davomida "Kayserispor"dan tashqari "Liberti Profeshnls", "Udineze", "Modena", "Renn", "Sanderlend", "Al Ayn", "Al Ahli" va "SHanxay SIPG" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar