"Asahi Shimbun" nashri o'zbek futboli bilan tanishmoqda

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2015, 16:03
Shu kunlarda yurtimizda Yaponiyaning "Asahi Shimbun" gazetasi muxbirlari mehmon bo'lib turishibdi.
Ular o'zbek futboli va sporti, mamlakatimiz boshqa sohalarda qo'lga kiritayotgan yutuqlar bilan o'quvchilarini tanishtirishga harakat qilishadi. Kecha "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvini stadionda kuzatgan Xitoki Nakagava va Tatyana Krapivina bugun tushda "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurib, stadionda yaratilgan sharoitlar, uning tarixi haqida ma'lumot olishdi. Keyin esa "Paxtakor" futbol klubi, tarixi, erishilgan g'alabalar, jamoaning hozirgi paytdagi holati bilan yaqindan tanishishdi. "Paxtakor" vice-prezidenti Samvel Babayan mehmon jurnalistlarning turli masalalar bo'yicha bergan savollariga javob qaytardi.
"Asahi Shimbun" gazetasi muxbirlari yurtimizda yana bir necha kun bo'lib, sport va sanoatda erishilayotgan yutuqlar haqida ma'lumot olishadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcpakhtakor.uz