Asadbek Saidxonov: "Buxoro" hisobni saqlashga, "Turon" esa g'alabaga intildi"
28 iyu 2023 14:44
Yangiliklar
Asadbek Saidxonov: "Buxoro" hisobni saqlashga, "Turon" esa g'alabaga intildi"
So'nggi daqiqalarda Asadbek Saidxonov tomonidan urilgan gol yaypanliklarga "Buxoro" ustidan 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. Uchrashuvdan so'ng o'yin qahramonining fikrlarini tingladik.
"O'yinga kelsak, gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng biroz sarosima kuzatildi. 0:2dan so'ng biroz bo'shashganimiz hisobiga jazolandik. Xudoga shukur qiyin vaziyatdan chiqib ketishni uddasidan chiqdik. Murabbiylarimiz goldan so'ng oldinga o'tishimizni, vaziyatlar yaratishimizni aytishdi. Barchasi yaxshi tugadi.
2:2dan so'ng raqib hisobni saqlashga, biz esa g'alabaga harakat qildik. CHunki "Turon" muxlislari g'alabalarni sog'inib qolgan.
Birinchi golimni ota-onamga bag'ishlayman. Ularga doim qo'llab-quvvatlab turgani uchun rahmat aytaman. Bundan ham yaxshi harakat qilib "Turon"ni Superligada olib qolishga bor kuchimizni ishga solamiz", - deydi Asadbek Saidxonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar