Asad Do'rmonov “Yozyovon-Lochinlari” bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2014
O'zbek futbolida muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Do'rmonovlarning to'ng'ichi nihoyat yana murabbiylik sohasida ishini davom ettiradigan bo'ldi.
Futbolchilik faoliyatini yakunlab, keyinchalik murabbiy sifatida “Neftchi”da ishlagan Asad Do'rmonov o'tgan mavsum o'rtalariga kelib, jamoa bilan xayrlashgandi. Shundan so'ng surxondaryolik murabbiy Farg'onada istiqomat qilib yurdi va deyarli bir yil vaqtini kasbidan uzoqroqda o'tkazdi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Do'rmonov kuni-kecha Farg'onaning “Yozyovonchi-Lochinlari” jamoasini qabul qilib olgan. Aytish lozimki, bungacha ushbu klubni Salimjon Zokirov boshqarib kelayotgandi. Viloyat ikkinchi ligasi ishtirokchisi bo'lgan “Yozyovon-Lochinlari” o'z oldiga kelasi yil birinchi ligada ishtirok etish vazifasini qo'ygan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia