So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

Arveladze va Kanchelskisning statistikasiga nazar Yangiliklar

Arveladze va Kanchelskisning statistikasiga nazar

Superliganing 8-tur doirasidagi markaziy bahsda chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor" hamda "Navbahor" o'zaro to'qnash kelmoqda.

Biz esa ushbu jamoalarni boshqarib borayotgan xorijlik mutaxassislarning statistikasiga nazar solamiz.

SHota Arveladze qo'l ostida "Paxtakor" bugun 67-o'yinini o'tkazadi. "Paxtakor" gruziyalik mutaxassis qo'l ostida o'tkazilgan 66 uchrashuvning 44tasida g'alaba qozongan, 12 durang va 10 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 120-49.

Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor"ni ichki chempionatda atigi 7 bellashuvda mag'lub etishgan. SHuningdek, 2 marotaba OCHL doirasida va 1 bor O'zbekiston Kubogida SHota Arveladze mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan. Arveladze jamoasini mag'lub etgan mutaxassislarga nazar soladigan bo'lsak, bu ishni Ilhom Mo'minjonov va Andrey Fyodorov ikki marotadan uddalashgan. SHuningdek, Ro'ziqul Berdiev, Mirjalol Qosimov va Ulug'bek Baqoev ham Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor"ni mag'lub etgan.

Baxtiyor Ashurmatov esa O'zbekiston Kubogi finalida Arveladze jamoasini taslim etishni uddalagan.

Arveladze esa chempionatda hozirgacha to'qnash kelgan hamkasblari ichidan faqatgina Andrey Kanchelskis jamoasini mag'lub etishga ulgurmagan. Qolgan barcha mutaxassislar boshqaruvidagi jamoalar ustidan g'alaba qozonilgan.



Arveladze "Paxtakor" rulida qozongan g'alabalarining 37tasini chempionatda, 4 tasini OCHL doirasida va 3 yutuqni O'zbekiston Kubogida qo'lga kiritgan. Uchralgan mag'lubiyatlarning 7tasi chempionatda, 2ta OCHL doirasida va 1 marotaba O'zbekiston Kubogi finalida ruy bergan.

Arveladze hozircha birga to'qnash kelgan o'zbek mutaxassislari orasida Baxtiyor Ashurmatovni mag'lub etmagan. Mazkur murabbiylar hozircha faqatgina O'zbekiston Kubogi finalida duch kelishgan va unda AGMK g'alaba nashidasini surgandi. CHempionatda esa Arveladze & Ashurmatov dueli hali ruy bergani yo'q.

Andrey Kanchelskis esa hozirgacha "Navbahor" rulida 14 o'yinda ishlashga ulgurdi. Rossiyalik mutaxassis qo'l ostida namanganliklar 6 g'alabaga erishishdi, 3 durang va 5 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 16-14.



Kanchelskis hozircha 2 marotaba "Buxoro"ni engdi va shuningdek bir martadan "Nasaf", "So'g'diyona", "Surxon" va "Bunyodkor" ustidan g'alaba qozondi. "Lokomotiv"dan qatorasiga 3 o'yinda mag'lubiyatga uchraldi. SHuningdek, "Metallurg" va "Bunyodkor" ham Kanchelskisning "Navbahor"ini yutgan jamoalar qatorida. Durang esa "Qo'qon-1912", "Dinamo" va "Paxtakor" bilan qayd etilgan.

Kanchelskis hozircha Andrey Fyodorov, Vadim Abramov, Andrey SHipilov, No'mon Hasanov, Davron Fayziev va SHota Arveladze kabi mutaxassislarni mag'lub etolmagan.

Kanchelskis "Navbahor"ga kelgach Ulug'bek Baqoevning ikkita jamoasiga qarshi to'qnash kelib, jami 3 marotaba o'yin o'tkazdi va barchasida g'alaba qozondi. O'tgan yili "Buxoro"ni 2 marotaba va joriy mavsum "So'g'diyona"ni taslim etdi. SHuningdek, Kanchelskis Mirjalol Qosimov, Andrey Mmklyaev va Ro'ziqul Berdievni mag'lub etgan.

SHota Arveladze va Andrey Kanchelskisning O'zbekiston chempionatidagi hozircha yagona bo'lib turgan to'qnashuvida g'olib nomi aniqlanmagandi. Bugun esa ushbu xorijlik mutaxassislarning o'zaro to'qnashuvining 2-seriya guvohiga aylanamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика