So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  1 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Arveladze: "Treblga harakat qilib ko'ramiz" Yangiliklar

Arveladze: "Treblga harakat qilib ko'ramiz"

O'zbekiston Superligasining 16-tur Paxtakor hamda Buxoro uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi SHota Arveladze qatnashdi.

Bugun yigitlarni maqtab o'tmoqchiman. Ilk daqiqalardanoq biz kutgan o'yinni namoyish etishdi. Oxirgi kunlarda juda xavotir olayotgandim. Sababi, bizni ertaga ko'plab tadbirlar kutib turibdi. SHu bois, qanchalik qayg'uli va fojiali bo'lmasin ertangi kunni bugungidek yaxshi kayfiyat bilan o'tkazamiz. Barchasi klubni sevganimiz va «Paxtakor»ni  yaxshi ko'rganimiz uchun albatta. Bugungi o'yinda raqibga, muxlislarga ko'rsatgan chiroyli o'yini uchun futbolchilarimni olqishlamoqchiman. Bahsning boshidan to oxirigicha o'yinni nazorat qildik va 5ta gol urishga erishdik. Hali bizni yana 10ta tur va Kubok uchrashuvlari kutib turibdi. Men o'yindan oldin scenariy yozmayman. 1:0 bo'lganida ham rozi bo'lgan bo'lardim. Ha 5:0 ham ishonch beradi. Yana 30 ochko olishimiz zarur. Jamoamizda muhit ajoyib, raqobat ham etarli darajada. Balki, kimdadir pasayish bo'ladigan bo'lsa, uni almashtirarmiz. Jadvalga etibor qiladigan bo'lsak, qolganlardan ancha o'zib ketganmiz. Ammo boshqa klublar o'rtasidagi farq unchalik katta emasligini ko'rishimiz mumkin. «Paxtakor»dek jamoa qanday musobaqada ishtirok etmasin, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Qanchalik qiyin bo'lmasin Osiyo chempionlar ligasiga chiqish vazifasi birinchi darajaga qo'yilgandi. Keyin esa guruh bosqichini ijobiy yakunlash. Biz bunga juda ham yaqin edik va buni juda ham istagandik. Hozir pley-offda o'ynayotgan bo'lardik balki. Biroq, asosiy vazifa OCHLga chiqish edi. Futbolda oldindan nimanidir bashorat qilish qiyin, lekin, biz barcha musobaqalarda (Superliga, Kubok, Liga Kubogi) zafar quchishga harakat qilamiz”, – deydi Arveladze.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика