So’nggi yangiliklar

22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  5 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  4 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7

Artyom Filiposyan: "Lokomotiv" bilan olti oylik shartnoma tuzdim" Yangiliklar

Artyom Filiposyan: "Lokomotiv" bilan olti oylik shartnoma tuzdim"

Yaqinda Xitoy chempionatidan qaytib kelgan tajribali himoyachi – Artyom Filiposyanga xaridorlar ko'pchilikni tashkil qilayotgandi.
U esa ikkinchi davrani “Lokomotiv” safida o'tkazadigan bo'ldi. Bu orqali temiryo'lchilar tarkibini yanada mustahkamlab olishga erishdilar. Samarqandda tug'ilgan Filiposyan ona shahrining futboli uchun ham befarq emas. U bilan “Lokomotiv”ga o'tishining sabablarini bilish bilan birga Samarqand futbol xususida ham suhbatlashdik.  

- Avvalo, “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzib unig azosiga aylanganingiz bilan tabriklaymiz. Aytingchi, bu qanday sodir bo'ldi?
- Tabrigingiz uchun rahmat. “Lokomotiv”ni tanlaganimning sababiga kelsak, bu jamoada ajoyib tarkib yig'ilgan. SHunga yarasha klub oldiga jiddiy vazifalar yuklatilgan. Ko'rib turibsiz, “Loko” chempionlik bilan birga Kubokda ham bosh sovrin uchun kurashmoqda. Bu erda o'zimni sinab ko'rmoqchiman, chunki “Lokomotiv” men uchun yangi jamoa. Oldinlari “Mashal”, “Nasaf”va “Bunyodkor”da o'ynaganman. To'g'ri, menga boshqa jamoalardan ham chorlovlar bo'ldi. Lekin “Lokomotiv”da raqobat kuchli. Men aynan ana shunday kulchi raqobat bor joyda to'p surmoqchiman. Bunday klubda o'zimni ko'rsatib asosiy tarkibda harakat qilmoqchiman. Yuqori saviyali o'yinchilariga ega bo'lgan jamoaga o'tib o'zimni sinab ko'rishni xohladim. Bu erga o'tishimning sababi ham shunda. Yangi jamoam bilan yarim yilga shartnoma tuzdim. 



- Nega aynan yarim yilga?
- Klub menga bir yarim yilga mo'ljallangan shartnomani taklif qildi. Biroq men bunga rozi bo'lmadim. CHunki hozirgi paytda menga yarim yio qulayroq. “Lokomotiv”ga yaqindagina kelganim bois jamoaga ko'nikishim, futbolchilarga moslashishim kerak. To'g'ri, klubda do'stlarim ham bor. Ammo hammasi bilan yaqindan tanish emasman. Baribir men uchun bu yangi jamoa hisoblanadi. “Bunyodkor”da, Ignatiy Nesterov, Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov va Viktor Karpenko bilan birga to'p surganman. “Loko”da muhit qanday, jamoaviy hamjig'atlik qanday? Buni yarim yil davomida bilib olishim lozim. Jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarib Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritsa va mening xizmatlarim yana klubga kerak bo'lsa, shundagina muzokaralar stoliga o'tirib shartnoma masalasini hal qilishimiz mumkin. Men uchun yarim yillik bitim yaxshi variant. SHuning uchun ko'pchilik futbolchilar yo yarim yilga, yo bir yilga shartnoma tuzishadi.   

- Umuman, o'zingiz xohlagan klubga o'tdingiz, shundaymi?
- Ha, o'zim istagan jamoaga o'tdim. Ota-onam va yaqinlarim bilan maslahatlashdim. Boya aytganimdek menda yana boshqa variantlar ham bor edi. Hammasini yaxshilab muhokama qilganimdan keyin 10 kun ichida “Lokomotiv”ga o'tishga majbur bo'ldim. Kuchli raqobat ichida o'zimni sinab ko'rishga qiziqyapman. CHunki raqobat qaerda yuqori bo'lsa, o'sha erda o'yinchining saviyasi yanada oshadi.

- “Lokomotiv”ga o'tishga majbur bo'ldim degan gapingizni qanday tushunishimiz mumkin?
- Toshkentga kelishdan avval Xitoyning boshqa klublaridan takliflar bo'lgandi. Ammo “Lokomotiv” rahbariyatiga va Vadim Abramovga kelishga vada berib qo'ygandim. Lekin majbur bo'lganim yo'q. SHunchaki sizga o'zim kutmagan holda aytib yubordim. “Lokomotiv” bilan oldinroq kelishib qo'ygandim. Toshkentga kelganimda esa menga yana boshqa variantlar ham bo'ldi. Xatto “Bunyodkor”ga ham qaytishim mumkin edi. Ammo “Loko” meni o'z safida ko'rishni ko'proq xohladi va tinmasdan qo'ng'iroq qilishdi. To'g'ri, bungacha ham kuchli raqobatni ko'rganman. Faqat bu erdagi ajoyib o'yinchilar orasida yanada futbolchi sifatida mahoratimni oshirmoqchiman. Niyatim yana terma jamoaga qaytish.  



- “Lokomotiv”da mashg'ulotlarni boshlab yuborganmisiz?
- Jamoa bilan 12 iyundan beri birga shug'ullanyapman. “Lokomotiv”ning Toshkentdagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib boryapman.

- Xitoydan qaytib kelganingizda biroz tushkun kayfiyatda edingiz. Hozirga kelib  yangi jamoaga ega bo'lgach o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- To'g'ri, Xitoydan qaytganimda ozgina tushkunlik haqida o'yladim. Ammo barchasini unutib yubordim. Hozir barcha ishlarim joyiga tushdim. “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzdim va uning mashg'ulotlarida qatnashyapman. Barchasi men uchun ko'ngildagidek kechmoqda. Ikkinchi davradan bor kuchimni “Loko”ga bag'ishlab uning g'alabalariga hissamni qo'shmoqchiman. Xitoydagi narsalarni unutdim, yurtimga qaytganimda esa baribir o'zimni qulay his qilaman. Faqat Xitoy haqida savol berganingizda ozgina yana esladim (kuladi).

- Yangi klubga o'tganingiz uchun sizda yana yangicha ishtiyoq va kuch paydo bo'layotgandir-a?

- O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvidan keyin jamoaga qisqa tatil beriladi. SHundan keyin ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish uchun Avstriyada yig'in o'tkazamiz. Barchasi o'z qo'limda, hammasi o'zimni qanchalik ko'rsata olishimga bog'liq. Raqobatdan umuman cho'chimayman. Asosiysi, menga murabbiy ishonsa bo'ldi. “Lokomotiv” men uchun yaxshi variant edi. Bu erda har bir chiziqda yuqori saviyadagi futbolchilar to'p surishadi. SHuning uchun hech nimadan qo'rqmasdan bu jamoani tanladim.

- Sizga xorijning boshqa mamlakatlaridan takliflar bo'lmadimi?

- To'g'risini aytsam, takliflar bo'ldi. Menga Xitoydan qo'ng'iroq qilib yana qaytib kelishimni aytishdi. Ammo men buni xohlamadim. Nimagaki, “Lokomotiv” bilan kelishib qo'ygandim. Buning ustiga oldingi intervyuimda aytganimdek, sentbyar oyida farzandli bo'lamiz. Bunday paytda ayolimni tashlab keta olmayman. Yana xorijda to'p surishimga hali ulguraman. Hozir esa mening hayolim “Lokomotiv” bilan sovrinlarni qo'lga kiritish bilan bog'liq.



- Siz samarqandliksiz, shuning uchun u erga befarq emassiz. Samarqand futboli haqida nima degan bo'lardingiz?

- Samarqandda kuchli muxlislar yig'ilgan. Ular futbolning rivojlanishini istashadi. Bu esa rahbariyatga bog'liq. U erda yaxshi stadionlar bor, muxlislar ham ajoyib. Ko'proq mahalliy futbolchilarga etiborni oshirish lozim. Samarqanddan yaxshi o'yinchilar etishib chiqqan. Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Dilshod SHarofutdinov, Bahodir Nasimov, Anvar G'ofurov, o'z vaqtida Ilhom aka SHaripov bo'lgan. Bizda yaxshi futbolchilar ko'p. Ular o'zlarini ko'rsatish uchun boshqa mamlakatlarda to'p surishyapti. Masalan, Nasimov Ozarbayjonda, SHarofutdinov Malayziyada faoliyatini davom ettiryapti. Klub rahbarlari 4 yoki 5-o'rin uchun jiddiy vazifa qo'ysa, shunda Samarqand futboli yanada rivojlanadi deb o'ylayman. “Lokomotiv” va “Dinamo” ishtirokidagi o'yinni ko'rdim va samarqandlik muxlislarning qo'llab-quvvatlashini ko'rib qoyil qoldim. Men shunday niyat qilganmanki, vaqti kelib “Dinamo” jamoasi uchun ham o'ynamoqchiman, axir men samarqandlikman-ku! Qachondir bu niyatim amalga oshadi. Menga birinchi navbatda ishqibozlarning olqishlashi yoqadi. Boya aytganimdek, mahalliy futbolning rivojlanishi uchun avvalo rahbariyat tomonidan jiddiy etibor bo'lishi shart. “Dinamo”ning oldiga jiddiy maqsadlar qo'yilishi kerak. Samarqandda ham futbol bundan-da tezroq rivojlantirlsa ajoyib ish bo'lardi.   
 
- Sizningcha, viloyatda futbolni samaradorligini oshirish uchun yana nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?
- SHart-sharoitlar bo'lishi kerak. “Lokomotiv”, “Paxatkor”, “Bunyodkor” jamoalaridagi sharoitlarni u erda ham yaratish kerak. Ammo bugungi kunda “Dinamo”dagi sharoitlar etarli darajada emas. Agar yaxshi etibor berilmasa Samarqand futbolida pasayish bo'lishi hech gap emas. Oxirgi yillarda u erdan yosh iqtidorli futbolchilardan kim etishib chiqdi? To'g'risi bu borada hech nimani eslay olmayman. Faqat “Lokomotiv”da to'p surayotgan Salim Mustafoevni aytishim mumkin. Aytmoqchimanki, Samarqandda ham sharoitlar yanada yaxshilansa yaxshi futbolchilar ko'payadi.

- Samarqandda voyaga etib taniqli o'yinchi sifatida tanilgan bir qator futbolchilar mahalliy yoshlarning yaxshi sharoitlarda shug'ullanishi uchun qo'llaridan kelganicha yordamlar ko'rsatishayotganini bilamiz. Bu borada siz ham qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz?
- Albatta bunday niyatim bor. O'zim ham Samarqanddagi futbol internatini tugatganman. Tez-tez qo'ng'iroq qilib turishadi, yosh bolalar mendan dastxat so'rashadi va rasmga tushishadi. Mahalliy bolalar uchun qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Ammo hozirgi kunda vaqtim kamligi uchun bora olmayapman. Lekin vaqt topishim bilan albatta borib yordam ko'rsataman.

- Keyinchalik u erdan siz kabi futbolchilar etishib chiqishiga ishonasizmi? Yoki shubhangiz bormi?
- Nimaga ishonmayman? Albatta ishonaman. Mendan-da, yaxshiroq o'yinchilar kamol topishini xohlayman. Hayot to'xtamaydi, u davom etadi. Qachondir vaqti kelib Samarqandda ham futbol har tomonlama rivojlanadi.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика