Artur yanvarda "Liverpul"dan ketmaydi
17 sen 2022 10:30
Yangiliklar


Artur yanvarda "Liverpul"dan ketmaydi
Braziliyalik yarim himoyachi Artur Melo qishki transfer oynasida "Liverpul"ni tark etmaydi, deb yozmoqda jurnalist Fabricio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, avvalroq mersisaydliklar u bilan 2023 yilning yoziga qadar amal qiladigan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan bo'lsa-da, futbolchi mavsum oxirigacha Angliya klubida qoladi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Artur yozgi transfer oynasida ijara asosida "Yuventus"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u "Liverpul" klubi safida 1 ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar