So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  0 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Artur Gevorkyanni tabriklaymiz! Yangiliklar

Artur Gevorkyanni tabriklaymiz!

Bugun “Nasaf” jamoasining sardori, mamlakatimizning joriy yildagi 4 marta eng yaxshi o'yinchisi, jamoaning golurari – Artur Gevorkyanning tavallud ayyomi kuni, u 29 yoshga to'ldi. Tabrikni so'zimizni oxirida aytamiz, hozircha Artur haqida ozgina...
Aziz futbol ishqibozlariga malumki, Artur Gevorkyan 1984 yil 22 noyabrda Turkmaniston Respublikasining Ashxobot shahrida tavallud topgan. U 2001 yili Ashxobot shahridagi 18-sonli o'rta maktabni tamomlagan. Yoshligidan futbolga qiziqishi tufayli o'qishga to'g'rirog'i biron bir oliygohga kirib o'qishga ham vaqti bo'lmadi. U Qarshining “Nasaf” jamoasiga kelguncha 2002-2004 yillar Turkmanistonning “SHag'adam”, 2005-2006 yillar Qozog'istonning “Esil Bagatyr”, 2006-2009 yillar G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi, 2009-2010 yillar Toshkentning “Paxtakor” jamoalarida faoliyat ko'rsatdi. U 2010 yil futbol mavsumi nihoyalangach Qarshining “Nasaf” jamoasiga taklif etildi va 2011 yil mavsumdan boshlab ushbu jamoada faoliyat yuritib kelmoqda. Uni mamlakatimizga dastlab 2006 yili “SHo'rtan” jamoasida faoliyat yuritayotgan turkmanistonlik mutaxasis Seid Seidov taklif etganidan ham xabardorsiz.

Arturning aynan “Nasaf” safiga qo'shilishi uning futbolchilik faoliyatidagi yorqin damlarini boshlab berdi. U 2001 yili jamoa safida chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatib chempionatning kumush medali sovrindori bo'libgina qolmay balki Osiyo futbol konfederaciyasining kubogi sohibi ham bo'ldi. SHuningdek o'sha paytdagi OFK rahbari tomonidan topshirilgan maxsus sovrinni ham qo'lga kiritdi.

Artur Gevorkyan 2013 yil futbol mavsumida jamoaga nafaqat sardorlik qildi balki jamoaning eng sermahsul o'yinchisiga aylandi. U bu yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga 18ta gol kiritishga erishdi. Jamoaning ko'plab gollariga hammualliflik ham qildi. Ushbu gollar ichida muxlislar uchun shubhasiz eng qimmatlilari – bu peshqadam jamoalarga qarshi muhim o'yinlarda uning kiritgan gollaridir.

Arturning muxlislar eng ko'p qadrlaydigan xususiyatlarini ko'plab sanab o'tsak bo'ladi. Artur sermahsul futbolchigina emas balki chiroyli xulqi bilan ham muxlislarning qalbidan chuqur joy oldi. Kamtarin, hammaning birdek hurmat qiladigan ajoyib xulqi bor. Uni hech qachon “men yaxshi o'yinchiman”,-deb kerilganini ham ko'rmadik. U bilan suhbat qilsangiz shu narsaga amin bo'lasizki, zo'r futbolchi emas chiroyli tarbiya sohibi bo'lgan inson bilan gaplashayotganingizni his qilasiz. Albatta uning bunday chiroyli tarbiyali bo'lishida ota-onasining ham bebaho mehnatlari bor. Otasi – Garik Arzumanyan va onasi – Gevorkyan Elena Aleksandrovnalar unga va akasi Davidga shunday chiroyli tarbiya berib voyaga etkazganlar. U o'zaro suhbatlarimiz mobaynida “akajon men mana O'zbekistonda etti yildan bo'yon faoliyat yurgizayapman va oilam bilan istiqomat qilayapmiz, menimcha xuddiki men ushbu yurtning to'laqonli azosidekman, shuning uchun bo'lsa kerak meni legioner sifatida ko'rishlari bazan to'risi erish ham tuyulmoqda”,-deydi u. Mayli bu rasmiyatchilik, ammo u allaqachon o'zimiznikiga aylangani rost. SHundan bo'lsa kerak, mavsum yakunlangach unga nisbatan muxlislarda savol paydo bo'ladi “Artur ketmaydimikan” – degan. Yo'q, u ketmaydi, u hali “Nasaf”da o'ynaydi. Mana bir necha yildirki Artur oilasi bilan Qarshi shahrida umr guzaronlik qilayapti. Turmush o'rtog'i – Margarita, o'g'illari – Mikael va Aramlar bilan hamisha birga. SHu o'rinda aytish lozimki, Artur chiroyli va hamjihat oila boshlig'i hamdir. Futbolchining hayotini ko'p qismi safarda o'tadi, Arturning bo'sh vaqti paydo bo'lishi bilan oilasi bilan birga o'tkazishga oshiqadi.
“Nasaf”ning ana shunday futbolchisi bor. Uning mehnatlarini, jamoa yutuqlariga qo'shayotgan hissasini doimo muxlislar qadrlaydilar va hurmat qiladilar. SHuningdek joriy mavsumda Arturning faoliyatiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari ham juda katta baho berishdi. PFL tomonidan har oyda tashkil etiladigan so'rovnomalarda u to'rt karra “eng yaxshi o'yinchi” nominaciyasi laureati ham bo'ldi. Ofarin!

So'zimiz boshida u bugun 29 yoshga to'lganligi haqida aytgan edik. Biz voha.uz sayti xodimlari nomidan, butun Qashqadaryolik futbol ishqibozlari nomidan va barcha Artur Gevorkyanning muxlislari nomidan uning bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Arturga avvalo mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz! Arturni o'z oilasi baxtiga va biz futbol ishqibozlari baxtiga doimo sog' va omon bo'lsin deymiz! Turmush o'rtog'i Margaritaxon bilan voyaga etkazayotgan farzandlari Mikael va Aramlarning kelajakda kamolini ko'rib, qo'sha qarishib yurishsin deymiz!
S dnyom rojdeniya Artur!!!

voha.uz futbol muxlislari sayti va "Nasaf" klubi ishqibozlari
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика