So’nggi yangiliklar

22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  3 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  2 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  55 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2

Artur Gevorkyan: “Xato qilishga haqqimiz yo'q edi” Yangiliklar

Artur Gevorkyan: “Xato qilishga haqqimiz yo'q edi”

“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvining qahramoni shubhasiz jamoamiz sardori Artur Gevorkyan bo'ldi.
CHempionat bahslari davomida ham o'zining gollari va aniq to'p uzatishlari orqali jamoamizning g'alabalariga katta hissa qo'shib kelayotgan futbolchi uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

-Kechagi o'yinda ilk marotaba stadionimiz muxlislar bilan to'lib toshdi. Bu mavsumda birinchi marotaba bunday holat ro'y berishi edi. SHuning o'ziyoq ushbu uchrashuvning ahamiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi. O'z navbatida muxlislarimiz bizni butun uchrashuv davomida fantastik tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi. Bu ham g'alaba qozonishimizda muhim rol o'ynadi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Stadion to'la ishqibozlar ko'z o'ngida to'p surish albatta yoqimli... Uchrashuv juda keskin va murosasiz kechdi. Har ikkala jamoa ham finalga loyiq edi. Lekin biz yaratilgan imkoniyatlardan samaraliroq foydalandik va final yo'llanmasiga ega chiqdik.

-O'yin davomida ikki marotaba penalti tepish uchun “nuqta”ga yaqinlashdingiz. O'sha paytda hayajon bo'lmadimi?

-Bo'ldi, albatta. Lekin ikki safar ham darvozabonni chalg'ita oldim. Omad biz tomonda bo'ldi. Umuman olganda bu o'yinda xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Umid qilamanki, keyingi uchrashuvlarda ham muxlislarimiz stadionni to'ldirib, bizga ruhan dalda bo'lishadi. Biz esa ularga xursandchilik ulashish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.


A.NURIY suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика