Artur Gevorkyan Turkmaniston klubiga o'tdi

Tolibjon Qosimov
5 apr 2019
Uzoq yillar davomida O'zbekiston jamoalarida to'p tepib kelgan yarim himoyachi Artur Gevorkyan "Qizilqum"ni tark etgan edi.

Saytimiz orqali 11-fevral sanasida Gevorkyan va Hamidjon Aktamov o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. O'z-o'zidan Artur erkin agentga aylangandi.

"Turkmenportal.com" saytining xabar berishicha, Gevorkyan Turkmanistonning "Axal" klubiga o'tdi.

"Gevorkyan bilan shartnoma bir yil - joriy mavsum yakuniga qadar tuzildi", - dedi "Axal" klubi rahbari Guvanchmuhammad Ovekov.


"Gevorkyan 12 yildan beri O'zbekistonning kuchli klublarida to'p tepib kelayotgan edi", - deyiladi xabarda. Shuningdek, turkman sayti Gevorkyanning faoliyatini to'liq yozib chiqqan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Turkmenportal.com