Artur Gevorkyan “Neftchi”ga qarshi bahsda o'ynamaydi
10 okt 2015 10:35
Yangiliklar
Artur Gevorkyan “Neftchi”ga qarshi bahsda o'ynamaydi
Jamoamiz sardori Artur Gevorkyan ayni vaqtda Turkmaniston terma jamoasi bilan birgalikda JCH-2018 saralash bosqichi doirasidagi Guamga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi doirasidagi 4-tur o'yinida Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bellashuvda jamoamiz futbolchisi Artur Gevorkyan 90 daqiqa harakat qildi va uchrashuv so'nggida zaxiraga olindi. SHuningdek, Artur Gevorkyan Hindiston terma jamoasi bilan bo'lgan bahsda hakam tomonidan ogohlantirildi.
Endilikda Turkmaniston terma jamoasi 13 oktyabr kuni Guam bilan bahs boylaydi.
SHundan so'ng futbolchimiz Artur Gevorkyan jamoamiz lageriga kelib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi“ga qarshi birinchi davra o'yinida aynan Artur Gevorkyanning yagona goli jamoamizga muhim g'alabani taqdim etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar