Artetaning "Arsenal"dagi statistikasi bilan tanishing
20 dek 2020 01:12
Yangiliklar


Artetaning "Arsenal"dagi statistikasi bilan tanishing
"Arsenal" Angliya chempionatining 14-turida "Everton"ga mag'lub bo'ldi (1:2).
Bu mag'lubiyat Mikel Arteta uchun "to'pchilar" murabbiyi sifatida APLdagi 13-si bo'ldi. SHuningdek, uning "Arsenal"i 13 o'yinni g'alaba, 8 tasini durang bilan yakunlagan.
Ispaniyalik mutaxassis 2019 yilning dekabrida London klubida ish boshlagan edi. "Arsenal" o'tgan mavsumni 8-o'rinda yakunlab, mamlakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritdi.
Klub ayni paytda APLda 15-o'rinni egallab turibdi. "To'pchilar" keyingi turda "CHelsi" bilan to'qnashishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar