Arteta: “Yosh futbolchilar bilan ishlashda tavakkal qilishga to'g'ri keladi”
03 mar 2020 09:14
Yangiliklar


Arteta: “Yosh futbolchilar bilan ishlashda tavakkal qilishga to'g'ri keladi”
“Arsenal” ustozi “Portsmut”ga qarshi bahsdan so'ng jamoaning yosh futbolchilarini maqtadi.
“Yosh o'yinchilarimizdan mamnunman. Ushbu futbolchilar bilan ishlayotganimdan rohatlanyapman. Ular o'z imkoniyatlariga loyiq. Yosh futbolchilar bilan ishlashda doim tavakkal qilishga to'g'ri keladi, lekin bu futbolchilar shunga arziydi. Angliya Kubogida o'yinlar ko'p, ammo biz to'g'ri yo'ldamiz. Ko'ramiz, qur‘a bizga nimani ro'baro qilar ekan. Biz olg'a borishda davom etamiz, boisi bu musobaqani yaxshi ko'ramiz. Yosh futbolchilarga ishonaman”, — deydi Mikel Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar