Arteta: "Biz hali ham APL chempionligi uchun kurashyapmiz"
18 apr 2024 16:11
Yangiliklar
Arteta: "Biz hali ham APL chempionligi uchun kurashyapmiz"
"Arsenal" ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Bavariya"ga mag'lub (2:3) bo'lib, CHLni tark etdi.
"Futbolchilar o'zini yaxshi his qilishi uchun to'g'ri so'zlarni topishni xohlayman. Yigitlar bilan har kuni ishlayman va ulardan minnatdorman.
Bu turnirda sakkiz yil ishtirok etmadik, bu bosqichda esa 14 yil. Buning o'z sabablari bor. Biz hammasini bir mavsumda amalga oshirishni xohladik. Jamoamizda yarim finalda o'ynash uchun potencial etarli, chunki farq juda kichik edi.
Tarixga qaraydigan bo'lsak, bazi klublarga kichik kamchiliklarni yo'qotish uchun 8-9 yil kerak bo'lgan.
Hozir futbolchilarning yonida bo'lib, ularni qo'llab-quvvatlashim kerak, chunki shanbada bizni yirik bahs kutib turibdi. Biz hali ham APL chempionligi uchun kurashyapmiz. Biz vaziyatni o'zgartira olishimizni ko'rsatishimiz kerak" - dedi "Arsenal" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar